Qo‘qonga tashrif buyurgan hunarmandlarning katta guruhi dizayner va tikuvchilardan iborat edi.
Ular qo‘lda yigirilgan paxta va ipak tolasidan qo‘l dastgohida to‘qilgan matolarga toshbosma usulida o‘ziga xos chizgilarni muxrlagan matolardan dunyo xalqlari urf odatlari va an’analariga mos ravishda liboslar yaratdilar.


Bu san’at namunalari uchinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida mahalliy va xorijiy hunarmand-dizaynerlar ishtirokida namoyish etildi.


Unda milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar, hunarmandlarning noyob ishlanmalari festival ishtirokchilari xamda mehmonlari huzurida bir-bir taqdim qilindi. Eng go‘zal mato, unga berilgan chizgi libos dizaynlari hay’at tomonidan baholanib g‘oliblar aniqlanadi va bugun festival yakuniga bag‘ishlangan tantanada taqdirlanadi.


Liboslar ko‘rgazmasida 31 ta mamlakatdan kelgan hunarmand va dizaynerlar ijodiy ishlari bilan qatnashdi.
Muxammadjon Obidov, O‘zA