O‘zbek milliy raqsi o‘zining jozibasi, go‘zalligi, maftunkorligi bilan ajralib turadi. Milliy raqs xalqimizning o‘tmishi, buguni va ertasi, milliy o‘zligi, ruhiyati va orzu-umidlari, armonlarini o‘zida aks ettirgan san’at turidir.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuhrat To‘xtasimov bilan suhbatimiz milliy raqs san’atining ahamiyati, sohada erishilayotgan yutuqlar, shu bilan birga, mavjud muammo va kamchiliklar, dolzarb masalalar haqida kechdi. 

– O‘zbek milliy raqs san’atining jahon madaniyatida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan o‘rganish, mahoratli raqqosalarni tayyorlash bo‘yicha Xoreografiya akademiyasi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 

– Jahon xalqlarining har biri o‘z ildizi, tarixi, an’analari, milliy san’ati va  qadriyatlariga ega. San’at – hayot haqidagi fandir. Har bir fanni tadqiq etish uchun uning tushunchalarini ifodalovchi terminlarini bilish lozim. San’at nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, uning bizni qiziqtirgan  qirralaridan biri – raqs san’ati hisoblanadi.

Prezidentimiz qarori bilan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi. Shu bilan birga, akademiya uchun zamonaviy o‘quv binosi hamda talabalar turar joyi qurilib, shaxsan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan tantanali tarzda ochib berildi. O‘tgan yillar davomida akademiyamizda kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash, raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, ilmiy tadqiqotlar natijalari yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tayyorlanib, nashr qilinyapti. Ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgani esa biz uchun ulkan natija. Sababi, xoreografiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmaganiga ancha bo‘lgan edi.

Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlar asosida ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Hali oldimizda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar ko‘p. Soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, stajirovka o‘tash tizimini tashkil etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bazalarida hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlarida tizimli ravishda qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarini tashkil etish kabi ishlarni bajarishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

– Raqs san’ati yo‘nalishidagi uzluksiz ta’lim, ya’ni maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tortib Bolalar musiqa va san’at maktablari, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati va hududlardagi ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatlarining faoliyati bugungi davr talabi darajasida tashkil etilganmi?

– Bugun raqs bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimi ham joriy qilingan. Respublikamizdagi barcha maktabgacha talim muassasalarida xoreografiya san’atidan dars berish uchun alohida o‘rinlar ajratilgan. Keyinchalik esa raqsga qiziquvchi barcha yoshlar maktab va bizning raqs akademiyamizda ta’lim olish huquqiga ega bo‘ladi. Mazkur sohada yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, qizg‘in jarayonlar davom ettirilmoqda.

Jahondagi ilg‘or tajribalarni atroflicha o‘rgangan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, akademiyaning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini asosan mamlakatimizdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar, sohaning salohiyatli yetuk mutaxassislari – amaliyotchilar bilan shakllantirish, respublikada mavjud bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarda raqs san’atini o‘qitish faoliyatini yanada rivojlantirish, raqs san’atining ijodiy, ilmiy-uslubiy va ijro an’analarini puxta o‘zlashtirish va munosib davom ettirish, bunda ta’lim muassasalariga mohir raqs ustalarini biriktirish va shu asosda “ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.

Alohida ta’kidlashni istardimki, Bolalar musiqa va san’at maktablari, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining soni ko‘payishi hamda sharoitlari bugungidan-da yaxshi bo‘lishi uchun doimiy harakatdamiz. Shu bilan birga, mazkur muassasalarda  raqs darslari sifatini oshirish bo‘yicha  raqsga doir o‘quv dasturlari ishlab chiqarilib, yagona o‘quv tizimini shakllantirishga doir ishlar amalga oshirilmoqda.

– Sizningcha, milliy raqs san’atimiz rivojidagi muammolar, uning yanada ravnaq topishiga to‘siq bo‘layotgan omillar nima?

– 2020 yil 4 fevralda e’lon qilingan “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror tom ma’noda milliy raqs san’ati taraqqiyoti va xoreografiya ta’limi tizimida yangi davrni boshlab berdi. Zero, san’atning boshqa turlari kabi  milliy  raqs ham millatning o‘zligini, qadim o‘tmishini, orzu-umidlarini aks ettiradi.

Ustoz san’atkorlar tomonidan yaratilgan, ijro etilgan raqslarning nomlari, atributlari va liboslarining nomlarini yozib olish, to‘plash, ularning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi tavsifini shakllantirish, saralash va tasniflash hamda ilmiy tadqiqotlar uchun material yig‘ish, milliy raqs namunalarining video variantini yaratish va ko‘paytirish eng dolzarb va muhim masalalardan biri.

Milliy raqsimiz durdonalarini asrab-avaylash, ularni yangicha mazmun bilan boyitish hamda targ‘ib qilishda zamonaviy texnologiyadan unumli foydalanish, video va audio roliklar yaratilishi kerak. U millatning o‘tmishini, o‘zligi, ruhiyati va orzu-umidlari, ichki kechinmalarini o‘zida aks ettirgan noyob san’at namunasidir. 

Uning tarixini o‘rganish xalqning urf-odatlari va an’analarini, buguni va kelajagini tadqiq qilish demakdir. Raqsning madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy hayotimizdagi o‘rnini belgilashda yo‘qolib borayotgan raqslarni tiklash, ularning hamda liboslar, bezaklar va taqinchoqlarning nomlari, raqs harakatlariga oid atamalarning katalogini tuzish  kabi muammolarni hal qilish muhimahamiyat kasb etadi.

– Milliy raqs san’atimiz haqida so‘z ketganda, “Lazgi”ni tilga olmaslikning iloji yo‘q. “Lazgi”ni milliy raqs san’atimizning gultoji deyish mumkin. Xiva shahrida o‘tkazilgan “Lazgi” xalqaro raqs festivali, uning ahamiyati haqidagi fikr-mulohazalaringizni, xulosalaringizni o‘rtoqlashsangiz.

– bugungi kunga qadar mamlakatimizda “Xalqaro maqom anjumani”, Xalqaro baxshichilik fetivallari o‘tkazilgan edi. Prezidentimizning tashabbusi bilan shu yil 25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilgani esa yurtimizda san’atga e’tibor yuksak darajada ekanini ko‘rsatadi.  

YUNESKO,  O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan raqs bayramida 30dan ortiq davlatdan san’atkorlar, raqsshunos olimlar  va  raqs ansambllarining qatnashganligi milliy raqs san’atimizning  qadim ildizlari jahon xalqlari tamadduni va mifologik tafakkurining ilk madaniy bosqichlari bilan bog‘liq ekanligining yana bir isbotidir.

Bizni quvontirgan eng muhim jihatlardan biri — mazkur festivalda akademiyamizning nafaqat o‘qituvchilari, balki talabalari ham ishtirok etdi. Bu ular uchun katta tajriba maydoni bo‘ldi. Xorijliklar milliy raqsimiz bilan birgalikda Xorazmning qadimiy obidalari bilan, ming asrlik tarixi bilan ham tanishdilar. O‘z-o‘zidan ularning hayratlari bizning qalbimizni g‘ururga to‘ldirdi.

Yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tmasam bo‘lmaydi. “Lazgi” festivaliga bo‘lgan qiziqish uning yoritilishida ham o‘z aksini topdi, deb o‘ylayman. Xivada bo‘lgan har bir jarayon jonli tarzda butun dunyo bo‘ylab yoritildi. Bu uchun mamlakatimizdagi va yurtimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillariga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

– Dunyoda o‘zbek milliy raqs san’atining ramzi sifatida nom qozongan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” raqs ansambli qayta tashkil etildi. Shu kabi mashhur va nomdor ansambllar faoliyatini izchil davom ettirish, ana shunday yangi ansambllarni tashkil etish uchun nima qilish kerak, qanday takliflar berasiz?

Barchamizga ayon, Mukarrama Turg‘unboyeva timsolida o‘zbek raqs san’atining butun jilosi va jozibasi mujassam. U “Bahor” raqs ansamblini tashkil qilib, o‘zbek raqslarining dunyo sahnasiga olib chiqilishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Aytib o‘tish joiz, ansambl nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ham mashhur bo‘lgan. Badiiy jamoaning uzoq yillik faoliyati milliy raqs san’ati rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Biroq mustaqillikning ilk yillarida “Bahor”ning ijodiy faoliyati to‘xtab qoldi. Ochig‘ini aytish kerak, bu bilan raqs san’atimizning mumtoz maktablari qamrovi ham kamayib bordi. Uni kelajakka yetkazib berguvchi ko‘prik uzildi. Go‘yoki “Bahor” bilan birga ko‘p asrlik boy va betakror madaniyatimizning ajralmas qismi ham yo‘qlikka mahkum bo‘ldi.

Milliy raqs san’atida professional badiiy jamoalar faoliyatini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ijodiy laboratoriyalarni tashkil etish, shu bilan birga, o‘zbek raqs san’atining “oltin fondi”ni yaratish maqsadida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” badiiy jamoasi qaytadan tashkil etilishi chin ma’noda o‘zbek raqsiga bahorni qaytardi. Men ana shu jarayonlarda bevosita ishtirok etganimdan faxrlanaman.

Mamlakatimizda o‘z faoliyatini izchillik bilan olib borayotgan ansambllar juda ko‘p. “Lazgi”, “Tumor”, “Toshkent zebolari”, “Navbahor”, “Navro‘z”, “Shodlik” kabilar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bugun ularga ehtiyoj, qiziqish bor. O‘ylaymanki, ular o‘z ustida ishlashdan to‘xtamay, repertuarlarini boyitishsa, albatta, u ansamblning umri uzoq bo‘ladi.

O‘zA muxbiri

Muhtarama Komilova 

suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy raqs millatning o‘zligi, orzu-umidlari namoyoni – Sohadagi yutuq va muammolar haqida mulohazalar