“Milliy qadriyatlar sayli” haftaligi boshlandi
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida «Milliy qadriyatlar sayli» adabiy-ma’rifiy haftaligi boshlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yangilanayotgan O‘zbekistonda yoshlar uchun zarur barcha imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Ochiq osmon ostidagi tadbir davomida oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari ko‘rgazmalari, qiziqarli konsert dasturlari tadqim etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etib, talabalar Surxondaryo viloyatining folklor, xalq og‘zaki ijodidan yorqin va betakror namunalarni ijro etdilar.
Adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

G‘azal va she’rlar aytildi. Kuy-qo‘shiqlar yangradi. Jonajon O‘zbekistonimiz hududlarining milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlari tarannum etildi.
N.Usmonova, O‘zA muxbiri