Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda pochta aloqasi sohasi rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. 1991 yilda pochta aloqasi va matbuot tarqatish korxonalari tarkibidagi bo‘limlar negizida pochta aloqasi birlashmasi, 1992 yilda esa “O‘zbekiston pochtasi” konserni tashkil etilgan.

2004 yildan esa “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.  

bugungi kunda jamiyat tarkibida 14 ta viloyat filiali, 4 ta ixtisoslashgan filial, 162 tuman pochta aloqa bog‘lamasi va 1783 ta aloqa bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, aloqa bo‘limlari tomonidan aholidan kommunal xizmatlar, mobil aloqa operatorlari, raqamli televideniye va boshqa aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar, byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar kabi 60ga yaqin to‘lov qabul qilinmoqda.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ mijozlarga xizmat turlarini kengaytirish, ularning sifatini muntazam ravishda oshirishni maqsad qilib qo‘ygan holda o‘z faoliyatini yuritmoqda. O‘tgan davr mobaynida “O‘zbekiston pochtasi” AJda moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi. Mavjud xizmat turlari esa kengaytirildi. Buning natijasida “Gibrid pochta”, “Tezkor pochta” hamda “Kurerlik xizmati” kabi ko‘rsatilayotgan xizmatlar ish hajmi va sifati oshishiga erishildi.  

Shu bilan birga, o‘tgan yillar davomida tizimga davlat rahbari va hukumat tomonidan bir necha bor e’tibor qaratilib, soha rivojiga xizmat qiluvchi farmon va qarorlar qabul qilingan, xususan, 2020 yil 5 oktyabr kuni Prezidentimiz raisligida milliy pochta tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda tizimni daromadli sohaga aylantirish choralari muhokama qilinib, kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Davlatimiz rahbari sohani yanada rivojlantirish maqsadida 2020 yilning 14 dekabr kuni “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorni imzoladi. Mazkur qaror mamlakatimizning pochta aloqasi Milliy operatori sifatida respublika miqyosida 2 mingga yaqin pochta aloqasi ob’ektlariga ega bo‘lgan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda asos bo‘ldi.

Qarorda milliy operator tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi oqibatida Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida O‘zbekiston 93-o‘rinda qolayotganligiga e’tibor qaratish lozimligi hamda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish orqali Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish vazifasi belgilangan.

Qarordagi yana e’tiborli jihatlar shundaki, “Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari sonini 2 barobarga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot tizimini yaratish, pochta aloqasi ob’ektlari orqali to‘lovlarni onlayn rejimda qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiyalash va uning mobil ilovasini ishlab chiqish, olis va chekka hududlarda moliyaviy xizmatlar, ya’ni to‘lovlar qabul qilish turlarini ikki barobarga oshirish hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririni ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.  

Shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan respublikamizda elektron tijoratni yanada rivojlantirish va ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Jamiyatning milliy onlayn savdo maydonchasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes yaxshi rivojlanmoqda. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan elektron xaridlarni bir kishi uchun beshtagacha chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu 34 millionlik aholimiz uchun 170 millionta jo‘natma deganidir.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston pochtasi” AJ elektron tijorat sohasida keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Fulfilment” markazini qurishni rejalashtirmoqda. “Fulfilment” markazi eng avvalo internet maydonchalari egalariga o‘z mahsulotlarini saqlash va internet maydoncha orqali olingan mahsulotlarni tez fursatlarda mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beradi. Jamiyat tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlardan maqsad xalqimizga yanada sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Shu kabi maqsadlarni amalga oshirish uchun joriy yil so‘nggiga qadar Toshkent shahrida logistika markazini tashkil etish rejasi ustida ham ishlar olib borilmoqda.

Pochta jo‘natmalari va davriy nashrlarni aholiga yetkazib berish uchun 2229 dan ortiq pochtalon mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi aholiga pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish bilan bir qatorda, davriy nashrlarni obunachilarga o‘z vaqtida yetkazib kelmoqda.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi milliy operatori ekanligi, respublikaning barcha hududlarida o‘zining tarmoq va aloqa bo‘limlari mavjudligi, nashrlarni yetkazib berish kafolatlanganligini hamda davriy nashrlar obunasi bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar va tahririyatlar tomonidan bevosita qabul qilgan obuna davriy nashrlarining asosiy qismi ikki tomonlama tuzilgan shartnomaga asosan pochta korxonalari orqali obunachilarga yetkazib berilmoqda.  

Soha daromadini ta’minlash uchun uncha murakkab bo‘lmagan davlat xizmatlarini pochta bo‘limlarida yo‘lga qo‘yish amaliyoti joriy qilinmoqda. “O‘zbekiston pochtasi” AJning olis hududlardagi bo‘linmalarida 13 xildagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimli tashkil etilib kelinmoqda. Shuningdek, pochta bo‘linmalarida naqd pul inkassatsiyasi, plastik kartalar amaliyoti kabi bank xizmatlarini joriy etish yuzasidan ham ishlar olib borilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish bilan birga daromad va ish o‘rni degani.

Hozir yurtimizda va butun dunyoda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash davom etib kelmoqda. Koronavirus infeksiyasi barcha sohalarga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotganini hamda insoniyat hayotiga jiddiy xavf tug‘dirayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Ushbu jarayonlarni inobatga olgan holda, chegaralangan va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning pasayishi davrida pochta xizmatlari ijtimoiy jamiyat ustuni sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Qolaversa, “O‘zbekiston pochtasi” AJ pandemiya davrida qat’iy sanitariya gigiyena talablariga rioya qilgan holda mijozlarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatmoqda.  

Xulosa o‘rnida qayd etish kerakki, “O‘zbekiston pochtasi” tizimini zamonaviy tendensiyalar asosida transformatsiya qilish yo‘lida aniq rejalar asosida ishlar olib borilmoqda. Agar belgilangan vazifalar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, pochta xizmatlari daromadi 2021 yilda bir yarim barobarga oshadi. Elektron tijorat bozoridagi tovar aylanmasi hajmi 200 milliard so‘mga teng bo‘ladi. Qolaversa, olis hududlardagi pochta bo‘limlarida aholiga 15 turdagi davlat xizmatlari va 10 turdagi bank-moliya xizmatidan foydalanishlariga imkoniyat yaratiladi.

Davron Mansurov,

“O‘zbekiston pochtasi” AJ axborot xizmati rahbari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy pochta tizimi rivojlanmoqda