21 oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Til – millat ramzi, ta’bir joiz bo‘lsa, Vatan ifodasi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilanganidek, davlat tili — o‘zbek tili hisoblanadi. Bu norma nafaqat huquqiy qoida, balki mamlakat suvereniteti va milliy birlik ramzi sifatida ahamiyat kasb etadi.

Qolaversa, til xalqning ma’naviy dunyosi, tarixiy xotirasi, madaniyatining asosiy yo‘lboshchisi sanaladi. Shu bois, mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish va himoya qilishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etildi. 12 jildlik “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, 5 jildlik “O‘zbek tili izohli lug‘ati”, 20 jildlik Alisher Navoiy asarlari va Navoiy ensiklopediyasi chop etildi. Turli teleko‘rsatuvlar, nashrlar, davlat hujjatlari va hududiy tashkilotlarning ish yurituvi ham o‘zbek tilida olib borilmoqda.

Aytish joizki, mazkur soha bo‘yicha qonunchilik bazasi ham takomillashtirildi. Jumladan, 1989 yil 21 oktyabrda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun orqali o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. 1992 yilda qabul qilingan Asosiy Qonunda bu maqom mustahkamlandi. 1995 yilda mazkur Qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat tilini hayotga tatbiq etishning huquqiy asoslari yaratib berildi.

O‘zbekistonda “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishish yo‘lidagi eng birinchi va dadil qadamlaridan biri bo‘ldi. Ushbu Qonun qabul qilinganidan keyin ikki yil o‘tib O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qildi, demokratik taraqqiyotning, huquqiy davlat qurishning o‘z yo‘lini tanladi.

E’tibor bering, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasida belgilanishicha, O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomlanishini belgilaydi, davlat ramzlari: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini tasdiqlaydi, o‘z davlat tilini o‘rnatadi. Ana shu Konstitutsiyaviy Qonun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik deklaratsiyasidagi prinsip va qoidalar 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, uning 4-moddasida o‘z aksini topdi. 

Konstitutsiyaning ushbu normasi davlat organlari va jamoat birlashmalari faoliyatining huquqiy asosiga aylangan, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida yanada rivojlantirildi. O‘zbek tilining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomini hisobga olgan holda Oliy Majlis, Prezident, Hukumat, davlat boshqaruvi markaziy organlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning majlislari, turli tadbirlari, yig‘ilishlar, shuningdek fuqarolar ishtirokidagi yig‘ilishlar o‘zbek tilida olib boriladi, normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek huquqni qo‘llash hujjatlari o‘zbek tilida tayyorlanadi, muhokama qilinadi va nashr etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunida, uning asosida qabul qilingan qonunosti hujjatlarida konstitutsiyaviy qoidalarni amaliyotga joriy qilishning tashkiliy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy mexanizmlari mustahkamlangan. Xususan, o‘zbek tilining butun O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining eng muhim huquqiy qoidalari qonuniy yo‘l bilan belgilab berildi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan bepul asosda o‘zbek tilini o‘rganishning zarur shart-sharoitlari yaratildi. 

Yana bir gap. Konstitutsiyada o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bo‘lsa-da, respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish prinsipi ham o‘z aksini topgan.

Asosiy Qonun va tegishli qonunlarda davlat tilining qo‘llanilishiga oid aniq huquqiy normalar belgilab qo‘yilgan. Davlat tilini mensimaslik, uning qonunga muvofiq qo‘llanilishiga to‘sqinlik qilish holatlari uchun javobgarlik belgilangan (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks – 42-modda; Jinoyat kodeksi – 141-modda).

Davlat tilini himoya qilish bilan bir qatorda, respublikada yashovchi boshqa millat va elatlar tiliga ham hurmat saqlanadi. Mamlakatimizda 157 ta milliy madaniyat markazi, 7 ta tilda ta’lim beradigan maktablar faoliyat yuritmoqda. Jurnalistika va adabiyot sohalarida o‘nlab tillarda nashrlar chop etilmoqda.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida davlat tilining nufuzini mustahkamlash, uni zamonaviy sohalarda keng qo‘llash, barcha fuqarolarda davlat tiliga hurmat ruhini shakllantirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Davlat tilidagi teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning, noshirlik faoliyatining, pochta-telegraf jo‘natmalarining hajmi kengaydi. Geografik ob’ektlarning nomlari, muhrlarning, shtamplarning, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilot va muassasalar blanklarining matni o‘zbek tilida bayon qilina boshlandi. 

Davlat tili O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining tiliga aylandi (“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi). Konstitutsiyada o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bilan birga, 4-moddada O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi belgilab qo‘yilgan. 

Xususan, “Davlat tili haqidagi”gi Qonunda ko‘rsatilishicha, o‘zbek tiliga davlat maqomining berilishi respublika hududida yashaydigan millat va elatlarning ona tilini qo‘llash borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini cheklab qo‘ymaydi, ularning tillariga hurmat ruhidagi munosabat ta’minlanadi, shu tillarning rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi, shuningdek milliy guruhlarning zich yashaydigan joylarida ularning tilida faoliyat olib boradigan maktabgacha bolalar muassasalarining tashkil etilishi, davlat tilidan tashqari o‘zlarining tilida umumiy, kasbiy-texnik, o‘rta-maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lishi ta’minlanadi. 

Ushbu qoida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlariga to‘liq mos keladi, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining “barcha xalqlar, irqiy va diniy guruhlar o‘rtasida o‘zaro tinch-totuvlik, hamjihatlik va do‘stona yordam berish” kabi qoida va tamoyillarini, turli millat vakillarining “jamiyat madaniy hayotida erkin ishtirok etish, san’atdan zavqlanish, ilmiy taraqqiyotda qatnashish” kabi huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini yaratadi.

Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va nashr etiladi, ularning tarjimasi boshqa tillarda ham nashr etiladi. Alohida millatlar zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublikaning davlat tili va ushbu millat tilida qabul qilinadi va e’lon qilinadi. Zarurat tug‘ilganida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ish yuritishning davlat tilidan boshqa tillarga ham tarjima qilinishi ta’minlanadi. 

Davlat tili, shuningdek ishtirokchilarning o‘zi tanlab olgan tillar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarning ish tillari hisoblanadi. Mehnat qilayotganlarning ko‘pchilik qismi o‘zbek tilini bilmaydigan korxonalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisobga olish, statistik va moliyaviy hujjatlar davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin. 

Ta’kidlash joizki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, har kimga millati va tilidan qat’i nazar ta’lim olish huquqi kafolatlanadi. 

Konstitutsiya va qonunlar talabidan kelib chiqqan holda, hozirgi vaqtda respublikada ta’lim muassasalarida o‘qitish 7 ta tilda amalga oshiriladi – o‘zbek, rus, qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoq va qirg‘iz tillarida, shuningdek ayrim xususiy ta’lim muassasalarida ingliz tilida ham o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda 157 ta milliy madaniyat markazlari va ularning hududiy bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mahaliy ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, elektron nashrlar, badiiy adabiyotlar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar o‘ndan ortiq tilda nashr etiladi va olib boriladi. Masalan, “Narodnoye slovo”, “Pravda Vostoka”, “Molodej Uzbekistana”, “Biznes-vestnik Vostoka” kabi gazetalar rus tilida, “Nurli jol” qozoq tilida, “Ovozi tojik” tojik tilida chop etiladi. Qolaversa, qoraqalpoq tilida ko‘p gazetalar nashr etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida belgilangan normalarni buzish holatlari qonunchilikda tegishli javobgarlik choralari bilan mustahkamlab qo‘yilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasi (“Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish”)ga muvofiq, fuqarolarga tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlash huquqini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish yoki cheklash, shuningdek davlat tilini, O‘zbekistonda yashovchi boshqa millat va elatlar tillarini mensimaslik holatlari aniqlanganda, belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solish belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141-moddasi (“Fuqarolarning teng huquqliligini buzish”)ga binoan, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi yoki mavqei kabi belgilarga ko‘ra huquqlarini bilvosita yoki bevosita buzish, ularga afzallik berish holatlari uchun javobgarlik belgilangan. 

Bunday huquqbuzarliklar uchun qonunga muvofiq:

BHMning 50 baravarigacha jarima,

uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish,

uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari,

yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari tayinlanishi mumkin.

Agar mazkur harakatlar zo‘ravonlik qo‘llanilgan holda sodir etilgan bo‘lsa, unda:

uch yuzdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari,

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari,

bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash,

yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, o‘tgan 36 yil mobaynida mamlakatimizda davlat tilining maqomini mustahkamlash, shuningdek O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarning urf-odatlari va an’analarini saqlash, ularni rivojlantirish uchun zarur huquqiy va amaliy sharoitlar yaratish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, amaliyotda davlat tilini namoyon qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, uning ta’sir doirasini kengaytirish, barcha fuqarolarni davlat tilini hurmat qilish ruhida tarbiyalash uchun samarali mexanizmni yaratish davr va hayot talabiga aylandi. Ushbu masalalarning hal qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 mayda qabul qilingan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish imkonini beradi. Ushbu Farmon ilmiy asosda ona tilining tarixiy ildizini chuqur o‘rganish va har tomonlama rivojlantirishni, uni qo‘llashni, birinchi navbatda fundamental fanlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, adliya, diplomatiya, harbiy ish kabi favqulodda muhim sohalar va yo‘nalishlarda kengaytirishni muhim vazifa sifatida belgilab berdi. 

Yurtimizda yashaydigan xalqlar madaniyatini yanada rivojlantirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 noyabrda qabul qilingan “Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni yordam beradi. Mazkur Farmon millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. 

“O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish, ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini takomillashtirish, uning sofligini saqlash va muntazam boyitib borish, zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, давлат tili – bu shunchaki muloqot vositasi emas, balki milliy g‘urur, davlat mustaqilligi ramzi, fuqarolik birligi asosidir. Uning izchil rivojlanishi, amaliyotda to‘liq tatbiq etilishi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi — O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish yo‘lida muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Shoxrux MAJIDOV, 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi katta eksperti.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy o‘zlik timsoli