Milliy o‘quv dasturi asosida yangilanayotgan ta’lim mazmunini pedagoglarga yetkazish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi tomonidan Qashqadaryo viloyatida maqsadli o‘quv seminari tashkil etildi.

Viloyatning Shahrisabz tumanidagi Miraki sanatoriysida uch kun davomida tashkil etiladigan o‘quv-seminariga Milliy o‘quv dasturini 3-, 6-, 7-,10-sinflarda amaliyotga joriy etuvchi 300 dan ortiq pedagog kadrlar qamrab olingan.

Ta’kidlash lozimki, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mahalliy olimlar va UNICEF xalqaro ekspertlari bilan birgalikda Milliy o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqilgan. Milliy o‘quv dasturi loyihasini tayyorlashda 246 nafar milliy ekspertlar, jumladan 119 nafar maktab o‘qituvchilari, Oliy ta’limdan 105 nafar professor-o‘qituvchilar, 22 nafar fan metodistlari, shuningdek UNICEF va USAID xalqaro tashkilotlari orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspertlar ishtirok etgan. Milliy o‘quv dasturining komponentlari malaka talablari (DTS), fan konsepsiyalari, o‘quv reja, fan o‘quv dasturlari, o‘qitish metodologiyasi, baholash tizimidan iborat.

Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish maqsadida 2021-2022-o‘quv yili uchun barcha fanlar bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida tanlov asosida saralab olingan mualliflar ishtirokida 1-2-sinflar uchun jami 326 nomdagi 2022-2023-o‘quv yili uchun esa 3-, 6-, 7-, 11-sinflar uchun jami 422 nomda o‘quv adabiyotlari zamonaviy talablar asosida tayyorlandi.

Milliy o‘quv dasturi loyihasini yozishdan boshlab darslik tayyorlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlar amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirokida yaratildi. Dastlab Bo‘stonliqda o‘tkazilgan Respublika seminarida Milliy o‘quv dasturi loyihasi muhokama qilingan bo‘lsa, Zomin seminarida asosiy urg‘u milliy o‘quv dasturi va dastur asosida yaratilgan boshlang‘ich sinf darsliklariga qaratildi. Endilikda muhim masala mazkur darsliklar va yangilangan metodika asosida qanday dars o‘tishni tashkil etishdir.

Ayni maqsadda Qashqadaryo viloyatida Milliy o‘quv dasturini 3-, 6-, 7-,10- sinflarda amaliyotga joriy etuvchi pedagog kadrlar uchun uch kunlik 21 soatga mo‘ljallangan maqsadli o‘quvlar boshlandi.

O‘quv-seminariga hududlardan tashrif buyurgan jami 275 nafar metodist, amaliyotchi o‘qituvchilar 45 nafar trenerlar tomonidan Milliy o‘quv dasturi va u asosida yaratilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi kitobining mazmun-mohiyati,  ularni amaliyotda qo‘llash usullari haqida xabardor qilinadi. 

Maqsadli o‘quvlardan so‘ng ular olgan yangi bilim ma’lumotlarini yangi o‘quv yili boshlangunga qadar umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7-, 10-sinflarida dars beradigan o‘qituvchilarga yetkazadi.

O‘quv-seminarda 13 ta sho‘’ba faoliyat olib bormoqda. Har bir sho‘’bada 15-20 nafardan ishtirokchi qatnashadi. Ular boshlang‘ich ta’lim, ona tili va adabiyot, tarix, matematika, rus tili va adabiyoti, milliy maktablarda rus tili, nemis tili, amaliy fanlar, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar, geografiya fanlari o‘qituvchilaridir.

Biologiya fani bo‘yicha yangiliklar

Endi bolalardagi jamoaviy ishlash ko‘nikmasi ham individual ishlash ko‘nikmasi bilan birdek shakllantiriladi. Darsliklarga o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun birdek yangilik bo‘la oladigan shunday amaliy topshiriqlar kiritildiki, ularni faqat jamoada ishni taqsimlash orqali bajarish mumkin.

– Bolalarni mantiqiy fikrlashga va olgan bilimlarini amalda qo‘llashga majbur qiluvchi topshiriqlarga urg‘u berib, imkon qadar raqamlardan qochishga harakat qilindi. Negaki bola, kundalik hayotda, chuvalchang uzunligini bilishi emas, bu haqidagi yaxlit bilimlarni egallashi muhim, – deydi biolog olim Baxtiyor Sheraliyev. – Shuningdek 7-8-9- sinf biologiya darsliklaridagi spirallar bir xil mavzular asosida shakllantirilgan bo‘lsa, 10-sinf darsligi mavzular darajasi sabab quyi sinf darsliklaridagi spiraldan biroz farq qiladi.

Ona tili fani bo‘yicha o‘zgarishlar

Grammatikadan voz kechilmadi, balki grammatik yondashuv audiolingual yondashuv asosiga qurildi.

Milliy o‘quv dasturi o‘rganuvchining ehtiyojlariga asoslanadi. Dasturda til o‘qitish uchun kommunikativ yondashuv tanlangan. Kommunikativ yondashuvning natijasi esa grammatik va audiolingual yondashuv kesishgan nuqtada yuzaga chiqadi.

Audiolingual yondashuv nima? Bu  til muhitida yashab qolish uchun zarur bo‘ladigan darajada muloqotni o‘rgatishdir. Masalan o‘qishni yozishni bilmagan bolalar ham o‘zining ehtiyoji uchun tildan ongsiz ravishda foydalanadi.

– Agar  bolaga o‘zi foydalanib kelayotgan til birliklari uchun grammatik qonuniyatlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatsak (masalan qaysi vaziyatda qaysi ko‘makchidan foydalansa to‘g‘ri bo‘lishi) shunda o‘quvchi tilni o‘rganayotgan bo‘ladi, – deydi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi muallifi Shokir Tursunov. – Demak, Milliy o‘quv dasturida grammatik yondashuvdan voz kechilmadi, balki grammatik yondashuv audiolingual yondashuv asosiga qurildi.

Geografiya fani bo‘yicha yangiliklar

Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi. Yangi o‘quv yili uchun 7-10-sinf geografiya fani darsliklari tayyorlandi.

Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi. Bu o‘z navbatida geografik xaritalardan foydalanish bilan bog‘liq muammolarga yechim bo‘ldi. Mazkur xaritalarni endi darslikda o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida ko‘rish mumkin.

Darslikka kiritilgan kartografik-sxematik topshiriqlar, grafik jadval va xaritalar, sayyoh olimlarning suratlarini tom ma’nodagi yangilik deyish mumkin.

Darslikda berilgan grafik jadvallar, rasmlar va infografik diagrammalar o‘quvchiga ma’lumotni to‘liq va oson qabul qilishida yordam beradi. Masalan, 7-sinf geografiya darsligida geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari to‘g‘risidagi geoxronologik jadval berilgan. Vizual tasvir o‘quvchida davrlar va eralar, undagi tirik organizmlar haqida yaxlit tasavvurni shakllantirishga xizmat qiladi.

Har bir mavzu o‘quvchida ma’lum hayotiy ko‘nikmani shakllantirishga xizmat qiladi. Bir darsda ular biror joyda adashib qolgan inson qanday qilib yo‘lni topishi haqida berilgan topshiriq ustida bosh qotirsalar, keyingi darsda geolokatsiyadan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. 

Shuningdek, darslikdan qo‘shimcha videolarni jamlagan QR kodlar, qiziqarli geografik faktlar haqidagi  “Bilasizmi” rukni, “Eslab qoling” rukni orqali geografik atamalar talqini o‘rin olgan.

O‘lmas Barotov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy o‘quv dasturining ahamiyati va samarasi