Milliy merosimiz yoshlar qalbida
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Yangi O‘zbekiston universitetida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va an’analarga hurmat tuyg‘usini yuksaltirishga qaratildi.
Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik vakolatxonalar vakillari hamda ijodkorlar ishtirok etdi. Bu esa bayramning xalqaro ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
[gallery-28570]
Bayram dasturida milliy qo‘shiq va raqslar, sahna ko‘rinishlari hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, sumalak, halim va ko‘k somsa kabi bahoriy taomlar taqdim etildi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar tadbirga alohida ruh bag‘ishladi. Shu bilan birga, kurash va kamondan o‘q otish kabi sport musobaqalari ham o‘tkazildi.
Qayd etilganidek, bunday tadbirlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish va jamiyatda ijobiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Kamola Yusupova,
Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA