Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov Polsha Respublikasi Seymining “Polsha – O‘zbekiston” parlamentlararo guruhi raisi Pavel Beyda boshchiligidagi deputatlari delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, shu jumladan, inson huquqlari sohasidagi munosabatlarni rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Bu borada o‘zaro hamkorlikni faollashtirishdan har ikki tomonning ham manfaatdorligi qayd etildi.

Polsha parlamenti a’zolari bilan muloqotda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson qadri, huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar natijalari haqida atroflicha so‘z bordi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarining kafolatlari to‘g‘risida va Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingani ta’kidlandi.

Shu bilan birga joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari yetakchi ayollar sammiti haqida ham ma’lumot berildi.

Mehmonlar tomonidan ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda O‘zbekiston va Polshaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida uzoq muddatli aloqalar o‘rnatilgani muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti Varshava universiteti bilan, Toshkent davlat agrar universiteti Varshava qishloq xo‘jaligi universiteti bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Polsha tibbiyot akademiyasi bilan, Bank-moliya akademiyasi Varshava bank instituti bilan hamkorlik qilayotgani e’tirof etilib, bu boradagi munosabatlarni yanada kengaytirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy markazda Polsha parlamenti a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi