Milliy akkreditatsiya tizimini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, akkreditatsiya organlarining Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya forumi (IAF) faoliyatida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishiga huquqiy asos yaratilmoqda.

Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida muhokama qilingan  “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun shu maqsadga xizmat qiladi.  

Qonun muvofiqlikni baholash idoralari faoliyatini xalqaro me’yorlar asosida baholash uchun akkreditatsiya tizimini xalqaro talablarga moslashtirishda yuqori samara beradi.  

Qonun bilan akkreditatsiyaning maqsadlari, sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va uni davlat tomonidan tartibga solish, Milliy akkreditatsiya tizimi va akkreditatsiyani amalga oshirish tartibi belgilab berilmoqda.  

Akkreditatsiyaning asosiy vazifalari manfaatdor taraflarning akkreditatsiyadan o‘tgan sub’ektlar faoliyatiga bo‘lgan ishonchini ta’minlash, muvofiqlikni baholash sohasida yagona texnika siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, akkreditatsiya qilingan sub’ektlarning faoliyati natijalari xalqaro darajada tan olinishi va qabul qilinishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.  

Bundan tashqari, qonunga muvofiq Milliy akkreditatsiya tizimi yaratilib, akkreditatsiyani amalga oshirish tartibi, uning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish tartibi hamda akkreditatsiyaning amal qilishi tugagan taqdirda, uning amal qilishi qayta tiklanmasligi va bunda takroriy akkreditatsiyadan o‘tish uchun akkreditatsiya qilingan sub’ekt akkreditatsiyaning muddati tugaguniga qadar ariza bergan bo‘lsagina uning avvalgi faoliyati natijalari hisobga olingan holda amalga oshirilishi mustahkamlab qo‘yilmoqda.  

Shu bilan birga, qonun bilan tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda. Respublikamizda milliy sifat infratuzilmasi yaxshilanishiga hamda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport bozorlariga ortiqcha to‘siqlarsiz kirib borishiga imkoniyat yaratilmoqda.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy mahsulotlar eksportga to‘siqlarsiz chiqadi