Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Olmazor tumanida «Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizaynerlar va modelerlar uyushmasi bilan hamkorlikda «Liboslarda qadriyat aksi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur ma’rifiy tadbirga Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar, uy bekalari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari, o‘quvchi va talabalar taklif etildi.

Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga, xalqimizda milliy an’ana va qadriyatlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish, asriy an’analarimizning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘g‘ri yetkazish g‘oyat dolzarb sanaladi.

Tadbirda libosning inson salomatligiga ta’siri, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi ahamiyati, qadriyatlar, bag‘rikenglik, milliy an’analarni e’zozlash g‘oyalari turli shakllarda va ijtimoiy roliklar orqali targ‘ib etildi.  

Tadbir davomida oilaviy va ma’naviy muhit, farzand tarbiyasi, ayniqsa, yosh qizlarni kamol toptirish, oilalarni asrash, jamiyatda sog‘lom iqlim yaratish, milliy va zamonaviy kiyinish, estetik did, jamiyatdagi yurish-turish, odob-axloq qoidalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish, oila qadriyati, milliy urf-odatlar, kiyinish madaniyati va bugungi kundagi uyg‘unlashuvi borasida fikrlar bildirildi.

«Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizaynerlar va modelerlar uyushmasi, shuningdek, mashhur, mahoratli modeler-dizaynerlar «Mursak», Diyora Usmonova va Madina Qosimboyeva, IDEAL GARMENTS (ISTIQLOL TEKSTIL DIZAYN, OOO), Narimteks Llc Margʼilon, "Pronto Textile Group", Dilnoz Erkinova, Umida Mo‘minova, Denis Tomilin, Kamila Milarning milliy liboslar kolleksiyasi aynan, milliylik bilan uyg‘unlashgan (shuningdek, turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlarning, uy bekalarining jamoat joylari va uy ichida kiyiladigan liboslari bo‘yicha) umum e’tirof etilgan normalar bo‘yicha tayyorlangan liboslar ko‘rgazmasi (podium) namoyish qilindi.

Bu kabi ma’rifiy namoyishlar milliy liboslarni targ‘ib etish, aholi ongini turli zararli ta’sirlardan himoyalash, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqimizning ko‘p asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish imkonini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir davomida barcha toifadagi xotin-qizlar, uy bekalari, o‘quvchi-talaba qizlar, yosh kelinlar, turli tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimalar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, ularning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni tavsiya etishga alohida ahamiyat qaratildi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy liboslar – o‘zligimiz ramzi