Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi.

Dunyo tarixida kiyim insoniyat taraqqiyotining eng qadim davrlarida, ya’ni 40-25 ming yil ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib, ularda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik va nafosatga bo‘lgan intilishlari yaqqol namoyon bo‘ladi.  

Mintaqamizdagi iqlim, shart-sharoit va ko‘p yillik tarixga ega e’tiqodimiz asosida o‘ziga xos milliy liboslarimiz shakllanib kelgan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.  

bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ‘ib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.  

Bu borada Yurtboshimizning «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat», degan so‘zlarini alohida ta’kidlash o‘rinli.  

Shu ma’noda Yakkasaroy tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Amaliy san’at muzeyi hamkorligida «Milliy liboslarimiz – milliy qadriyatlarimiz bezagi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.   

Tadbir davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori, texnika fanlari doktori, professor Xolida Komilovaning liboslar kolleksiyasi namoyishi va kitob taqdimoti o‘tkazildi.  

O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi