O‘zbek xalqi ming yillar davomida shakllanib, sayqallanib kelayotgan boy madaniyatga ega. Madaniyat o‘zida moddiy va ma’naviy boyliklarni mujassam etadi.
Moddiy madaniyat inson hayot faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, uning qobiliyatlari va ijodkorligining natijasi sifatida inson tomonidan yaratilgan moddiy ne’matlarni o‘zida namoyon etadi.
Ma’naviy madaniyat esa bilim, estetik qadriyatlar, xulq-atvor normalari, dunyoqarash, axloq, diniy e’tiqodimiz, an’analarimizni qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning bir ko‘rinishi sifatida milliy liboslar shu qadar ko‘p qirrali va noyob hodisa bo‘lib, u xalqning etnik tarixi va madaniyatini, o‘ziga xos estetik qarashlari, didi va an’analarini o‘zida aks ettiradi. Til madaniyati, xalq og‘zaki ijodi, an’ana va urf-odatlar bilan birga milliy liboslar ma’lum bir millatning muayyan hayot tarzi haqida e’tiborli ma’lumotlar beradi.
Bugungi lavhamizda O‘zbek milliy, an’anaviy liboslarining yaratilish tarixi, matolardagi suratlar, yillar davomida shakllanishi haqida Tarix instituti Etnologiya va antropologiya markazi boshlig‘i Adham Sherov batafsil ma’lumot beradi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/uNPH2YolDr4" title="Milliy kiyimlarimizda qadriyatlar mujassam" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA