Milliy gvardiya xodimlari kitobxonlikda bellashdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Mintaqaviy o‘quv markazida “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovi bӯlib ӯtdi.
Tanlovga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Qo‘riqlash boshqarmasi va Mintaqaviy o‘quv markazi xodimlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida ta’kidlanganidek, tadbirni ӯtkazishdan asosiy maqsad, qadimiy va betakror diyorimizda yetishib chiqqan buyuk sarkarda, alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, harbiy san’ati, madaniyati, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qӯshgan ulushini ӯrganish hamda ularning noyob asarlarini kelgusi avlodga bezavol yetkazishdan iborat. Shuningdek, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonloma targ‘ib qilish, harbiy xizmatchilar va xodimlar ӯrtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish bӯlib hisoblanadi.
Ishtirokchilar “Biz buyuk sarkardalar avlodimiz”, “Jahon tamadduni va o‘zbek xalqi madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz”, “Mustaqil vazifa” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar buyuk sarkarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi hayoti, buyuk ma’rifatparvarlar ijodi haqidagi bilimlarini sinovdan ӯtkazdi.

Bahs-munozaralarga boy o‘tgan tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA