Milliy gvardiya sportchilari bellashdi
Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari o‘rtasida sambo bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi bo‘lib o‘tdi
Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni mas’ul ofitserlari, Navoiy viloyati hokimligi, turizm va sport bosh boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bellashuv davomida sportchilarimiz buyuk ajdodlarimizga, polvonlarimizga xos mardlik, jasurlik ko‘rsatib milliy an’analarga sodiq qolgan holda halol kurash olib borishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, ikkinchi o‘rinni 65921-harbiy qism jamoasi hamda uchinchi o‘rinni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoalari qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa so‘ngida g‘oliblar kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA