Buxoroda azaldan usta-hunarmandlar mahalla guzarlarida ustaxonalar tashkil etib, o‘z kasbu korlari bilan shug‘ullangan. Hozirda ham eski shahar hududida ushbu an’ana saqlanib qolgan Bo‘yro bofon, Tandirsoz, Pistashikanon, Patdo‘zon, Zardo‘zon, Chitgaron, Chelongaron, Maxsido‘zo, Doirasoz kabi guzarlar mavjud.
Hunarmand Mirfayz Aliyevni nafaqat Turkiy Jandiy mahallasida, balki viloyatda ko‘pchilik yaxshi taniydi. U 40 yildan buyon milliy cholg‘u asboblari yasash bilan shug‘ullanadi.
– Xalqimizda hunarli kishi xor bo‘lmaydi, degan naql bor, - deydi Mirfayz Aliyev. – Otam hofizlarga doira, rubob yasab, sozlab berar edilar. Yoshlik davrimda otamning ustaxonasidagi ish jarayonini kuzatib, ushbu hunarga qiziqishim uyg‘ongan.
[gallery-21831]
Buxoro shahri markazida joylashgan ustaxona doim sayyohlar bilan gavjum. Usta o‘zi tayyorlagan milliy cholg‘ularni sozlab va toblab tashrif buyuruvchilarga kuy ijro etib beradi. Ayniqsa, xorijlik sayyohlar ushbu sozlarga katta qiziqish katta. Ular g‘ijjak, rubob, doiralarni esdalik uchun ko‘p xarid qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0JF8YjzU0Aw" title="Milliy cholgʻular ustasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir ISTATOV (surat, video), O‘zA