Fevral oyi nainki mamlakatimiz, balki jahonning aksariyat davlatlarida navoiyxonlik, boburxonlik, umuman mumtoz adabiyot oyligi sifatida keng nishonlanmoqda. Aslida bu aziz siymolarning ijodiy merosini har kim va har kuni o‘qishi, uqishi kerakligini ustozlarimiz, adabiyotshunos olimlar doim ta’kidlaydilar.

Xalqimizga Hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari allomalarimizning adabiy merosini bekami-ko‘st yetkazishda atoqli olima, O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyevaning xizmatlari beqiyos.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, Suyima G‘aniyeva 1932 yil 20 fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1952 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti  - hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan edi.  

1953-1956 yillarda Leningrad davlat universiteti aspiranturasida ta’lim olgan. 

Suyima opa mehnat faoliyatini 1956 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi sifatida boshlagan edi. Shu yili buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  

Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy kotibi, Toshkent davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Suyima G‘aniyevaning ilmiy faoliyati davomida mumtoz adabiyotimizga oid 14 ta monografiya, 350 dan ziyod ilmiy-nazariy maqolalari mamlakatimiz va xalqaro ilmiy nashrlarda chop qilingan, 20 dan ortiq o‘quv-metodik qo‘llanmalari respublika oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.  

Olimaning «Alisher Navoiyning hayoti va ijodi», «Alisher Navoiy ijodida milliy mafkura», «Navoiy g‘azallarida jo‘mardlik motivlari», «Navoiy vasiyati», «Navoiy dastxati» kabi sermazmun asarlari  yurtimiz va chet el adabiyotshunoslari tomonidan ilmiy kashfiyotlar sifatida e’tirof etilgan.

S.G‘aniyeva Alisher Navoiyning uzoq yillar davomida ilm-fanga noma’lum bo‘lib kelgan “Munojot” asarini topib, nashr ettirgan. Olima 2011 yilda Alisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlar to‘plamini nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan.

U O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, «El-yurt hurmati», «Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari va O‘zbekiston Qahramoni faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Millatparvar, yurtparvar, Vataniga sadoqati va mehri baland olima Suyima G‘aniyeva barcha yosh olimalar uchun ibratdir.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy adabiyotimizning zahmatkash olimasi