Bu yil 2023-2024 o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 122 ta medalni qo‘lga kiritib, misli ko‘rilmagan yuqori natijani qayd etishgan.
G‘olib o‘quvchilarni va o‘qituvchilarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd so‘m ajratildi.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
— oltin medal sohibiga — 187,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 168,75 mln. so‘m;
— kumush medal sohibiga — 112,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 93,75 mln. so‘m;
— bronza medal sohibiga — 75 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 56,25 mln. so‘m berildi.
Ushbu medallar egalari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi o‘quv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Bundan tashqari, nufuzli xalqaro olimpiada g‘oliblari keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib g‘olib bo‘lgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy olimpiada sovrindorlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda o‘z fanidan maksimal ballga ega bo‘ladi.
Bugungi qahramonimiz yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘z bilimini o‘quvchilar bilan baham ko‘rib, ularni yuqori natijaga olib chiqolgan ustozlardan. Moxira Boltaboyevaning o‘quvchilari bu yil kimyo fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada naqd 3ta o‘rinni egallab qaytishdi. Davlatimiz tomonidan Mohira Boltaboyevaning taqdirlanishi ortidan mukofot pulining 1 milliardga yaqinlashgani ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. Keling yaxshisi hammasini qahramonimizning o‘zidan eshitsak.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dPjU2lpchRI" title="Millioner «Oʻqituvchi»..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA