Millatning ertangi tafakkuri ilmli, zukko qizlarimizga boğliq
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan nutqida bugun yangilanişga yuz tutgan Vatanimizda talabalarning yarmidan köpini xotin-qizlar taşkil etayotgani – Uçinçi Renessansning öziga xos qiyofasi ekaniga alohida eʼtibor qaratilgan edi.
Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi Gender tenglikni taʼminlaş bölimi boşliği Öğiloy Örazova bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi.
— “Qizim, albatta, olima böladi, kitob yozadi, tadbirkor böladi, til örganadi, kaşfiyotlari dunyoni kezadi...” Bugun köplab ota-onalarning qalbidan ötayotgan ezgu niyatlar şunday. Bu sözlar zamirida farzandiga bölgan mehr bilan birga, uning isteʼdodi va kelajagiga katta işonç ham mujassam. Zero, ota-onasi işongan, qöllab-quvvatlagan qiz öz oldiga katta maqsadlar qöyişdan çöçimaydi. Ammo uning orzulari röyobga çiqişi, qobiliyati namoyon bölişi uçun faqat oila mehri va kömagi kifoya qilmaydi. Bu yölda davlatning ham eʼtibori va amaliy yordami muhim. Bugun Özbekistonda xotin-qizlar taʼlimiga qaratilayotgan eʼtibor ana şu orzularni hayotga tatbiq etiş uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Mustaqilligimizning öttiz beş yillik taraqqiyot yöliga nazar taşlar ekanmiz, bir haqiqat tobora oydinlaşadi: mamlakatning eng katta boyligi uning bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yangilik yaratişga qodir farzandlaridir. Buni jadid bobolarimiz ham bir asrdan ziyod vaqt avval yaxşi anglagan. Mahmudxöja Behbudiy «Ehtiyoji millat» maqolasida: «Dunyoda turmoq uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boşqa millatlarga poymol bölur», deya bejiz taʼkidlamagan. Oradan yuz yildan ortiq vaqt ötdi. Dunyo özgardi, taraqqiyot surʼati tezlaşdi, yangi texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ammo bir narsa özgarmadi: har qanday taraqqiyotning zamirida bilim va ilm-fan turadi. Bugun mamlakatning qudrati ham faqat tabiiy boyliklari bilan emas, balki bilim yaratadigan, yangiça fikrlaydigan va raqobatga qodir avlodi bilan ölçanmoqda.
Şu maʼnoda, sönggi yillarda inson kapitalini rivojlantiriş, ayniqsa, qizlarning sifatli taʼlim olişi va öz imkoniyatlarini töliq namoyon etişiga qaratilayotgan eʼtiborning ahamiyati beqiyos. Çunki taʼlim olgan bir qiz faqat öz hayotini özgartirib qolmaydi. Uning bilimi oilasiga, farzandlari tarbiyasiga, kasbiy faoliyati va atrofidagi muhitga ham taʼsir körsatadi. Bilimli qiz ertaga bilimli ona, malakali mutaxassis, taşabbuskor tadbirkor yoki jamiyat hayotida faol iştirok etadigan şaxs bölib yetişadi. Demak, bugun qizlar taʼlimiga kiritilayotgan sarmoya aslida mamlakatning kelajagiga qöyilayotgan sarmoyadir.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2026-yil 28-avgust kuni mustaqilligimizning öttiz beş yilligiga bağişlangan tantanali marosimda talabalarning yarmidan köpini xotin-qizlar taşkil etayotganini «Uçinçi Renessansning öziga xos qiyofasi» deya baholadilar. Davlatimiz rahbarining «Bilimli qizlar bilimli oila, bilimli avlod va maʼrifatli jamiyat deganidir», degan fikrlari esa bugungi taʼlim siyosati zamirida qanday katta maqsad turganini yaqqol ifoda etadi. Zero, qizlarning bugungi bilimi ertangi jamiyatning qanday bölişini belgilaydi.
Raqamlar ham bu boradagi özgarişlarni yaqqol körsatib turibdi. Ayni paytda bakalavriatda tahsil olayotganlarning 54 foizi, magistratura talabalarining 66 foizi xotin-qizlardir. Ilmiy-tadqiqot işlari bilan şuğullanayotganlarning 42 foizini ham ayollar taşkil etmoqda. Bu raqamlar ortida minglab qizlarning orzusi, izlanişi, mehnati va intilişi bor. Bugun universitet auditoriyalarida bilim olayotgan qizlar ertaga işlab çiqarişni rivojlantiradigan muhandis, insonlar salomatligi uçun masʼuliyatni zimmasiga oladigan şifokor, Vatan şarafini himoya qiladigan sportçi yoki öz biznesini yölga qöyib, mamlakat brendini dunyoga tanitadigan tadbirkor bölib yetişadi. Eng muhimi, ular öz bilim va salohiyati bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qöşadi.
Albatta, bugungi natijalar öz-özidan qölga kiritilgani yöq. Buning ortida izçil siyosiy iroda, aniq qarorlar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan amaliy işlar turibdi. Xususan, Prezidentimizning 2022-yil 7-martdagi PF-87-son farmoni xotin-qizlar taʼlimini qöllab-quvvatlaşda muhim qadam böldi. Foizsiz taʼlim kreditlari, davlat oliy taʼlim taşkilotlari magistraturasida tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt tölovlarini belgilangan tartibda byudjetdan qoplaş, ilmiy faoliyat bilan şuğullaniş uçun yaratilgan imkoniyatlar köplab oilalarning oğirini yengillatdi. Bir paytlar farzandini öqitiş uçun mablağ izlab qiynalgan ota-onalar uçun bu katta tayanç böldi. Eng muhimi, moddiy imkoniyat çeklangani uçun orzusidan voz keçişi mumkin bölgan qançadan-qança qizlarga öqişni davom ettiriş imkoni berildi.
Bu boradagi işlar keyingi yillarda ham davom ettirilmoqda. Masalan, 2025/2026-öquv yilidan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uçun qöşimça davlat grantlari 2 mingdan 4 mingga yetkazildi. Kamida beş yil iş stajiga ega, oliy maʼlumoti bölmagan ayollar uçun qöşimça tölov-kontrakt kvotasi esa 500 tadan 2 ming 500 taga oşirildi. Bu qarorlarning ahamiyati şundaki, ular hayotdagi turli vaziyat va şaroitlarni hisobga oladi. Oilaviy yoki moddiy sabablarga köra öqişga kira olmagan qizga yangi imkoniyat beriladi. Bir neça yil mehnat qilib, tajriba orttirgan, ammo oliy maʼlumot olişga ulgurmagan ayolga esa öz kasbining malakali mutaxassisi böliş uçun yöl oçiladi. Yaʼni, taʼlim oliş imkoniyati insonning yoşi yoki hayotiy şaroiti bilan çeklanib qolmasligi uçun şaroit yaratilmoqda.
Quvonarlisi, bu imkoniyatlar öz samarasini bera boşladi. Bugun yurtimizning turli hududlaridan xalqaro maydonlarda eʼtirof etilayotgan qizlarimiz yetişib çiqmoqda. Kegeyli tumanidan Indira Satniyazovaning xalqaro matematika olimpiadasida sovrinli örinni qölga kiritişi, buvaydalik Dilföz Jöraboyevaning xalqaro startap tanlovlaridagi muvaffaqiyatlari, Buxoro va Navoiydan çiqqan yoş qizlarning fan olimpiadalaridagi natijalari, sport maydonlarida yurtimiz bayroğini baland kötarayotgan çempionlarimiz yutuqlari bizni behad quvontiradi. Bu natijalarning yana bir muhim jihati bor: iqtidor faqat poytaxt yoki yirik şaharlarda emas, yurtimizning eng çekka tumanlarida ham bisyor. Muhimi, ularni kaşf etiş va qöllab-quvvatlaş uçun imkoniyatlar tobora kengaymoqda. Bugun olis hududlardagi qizlar ham katta orzular bilan yaşayapti, xalqaro maydonlarga çiqişga intilyapti.
Qizlar taʼlimi haqida gapirganda, uning natijasini faqat diplomlar yoki ilmiy darajalar soni bilan baholab bölmaydi. Çunki bilimning eng muhim samaralaridan biri insonning kundalik hayotida, oilasida va farzandlar tarbiyasida namoyon böladi. Kitob öqiydigan, atrofdagi voqealarga befarq bölmaydigan, har bir masala haqida öylab, muşohada qiladigan ona farzandiga özi bilmagan holda ham katta saboq beradi. Bola oilada mehnatni qadrlaşni, savol berişni, izlanişni, xatolardan xulosa çiqarişni örganadi. Şuning uçun ham bir qizning bugun olgan bilimi ertaga faqat uning emas, balki butun bir avlodning hayotida aks etişi mumkin.
Ayniqsa, bugungi axborot asrida bu masalaning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Endi bolalar dunyoni faqat darsliklar yoki kattalarning tuşuntirişlari orqali anglamaydi. Ularning qölida telefon, qarşisida esa çeksiz axborot olami bor. Bu olamda foydali bilim ham, çalğituvçi maʼlumot ham, töğri fikr ham, notöğri qaraş ham uçraydi. Ana şunday şaroitda bolaga faqat maʼlumot beriş emas, uni töğri fikrlaşga, axborotni tahlil qilişga, yaxşi bilan yomonni ajratişga örgatiş muhim. Buning uçun esa ota-onaning özi ham bilimli, izlanuvçan va zamon bilan hamnafas bölişi kerak. Demak, qizlarning taʼlim olişi nafaqat ularning şaxsiy kelajagi, balki oiladagi maʼrifiy muhit va farzandlar tarbiyasi uçun ham muhim ahamiyatga ega.
Endi oldimizda turgan asosiy vazifa — yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş va ularni aniq natijalarga aylantiriş. Qizlarimizning oliy taʼlimga kirişi, diplom olişi muhim. Lekin bu hali yakuniy maqsad emas. Ularning olgan bilimi ilm-fanda yangi kaşfiyotlarga, işlab çiqarişda innovatsiyalarga, tadbirkorlikda yangi loyihalarga, jamiyat hayotida esa ijobiy özgarişlarga aylanişi kerak. Buning uçun davlat idoralari, taʼlim muassasalari, mahalla va oila örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş, har bir qizga öz iqtidorini namoyon etişi uçun zarur şaroit yaratiş muhim.
Yangi Özbekiston taraqqiyotida xotin-qizlarning bilimi va salohiyati oddiy ijtimoiy masala emas, balki mamlakat kelajagini belgilaydigan muhim kuçdir. Uçinçi Renessans poydevorini mustahkamlaş, raqobatbardoş iqtisodiyotni şakllantiriş, maʼrifatli jamiyat barpo etişda qizlarimizning ham munosib örni bölişi kerak. Axir bugun katta orzular bilan kitob öqiyotgan, izlanayotgan, til örganayotgan qizlar orasida ertangi kunning maşhur olimalari, ixtiroçilari, rahbarlari va tadbirkorlari bor. Ularning har biriga öz imkoniyatini namoyon etiş uçun şaroit yaratiş esa barçamizning vazifamiz.
Zero, millatning ertangi tafakkuri bugun qizlarimizga berilayotgan taʼlim, ularga bildirilayotgan işonç va yaratilayotgan imkoniyatlardan boşlanadi.
ÖzA muxbiri
Nazokat Usmonova yozib oldi.