Men o‘zbekman, degan har bir inson borki, o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Bu fikr har birimizni ona tilimizni sevishga, uning rivojlanishi uchun hissa qo‘shishga undaydi.

Shunga ko‘ra, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ham 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda qayd etilganidek, kadastr sohasida davlat tilini rivojlantirish, ishchi-xodimlarning davlat tili bo‘yicha malakasini oshirish, ish yurituvidagi barcha hujjatlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.    

Bundan tashqari xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali ularning ma’naviy olamini boyitish, savodxonlik darajasini yuksaltirish choralari ham ko‘rilmoqda.    

Shuningdek, tadbirda davlat tilining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilgani ta’kidlandi. 

Tadbir munosabati bilan boshqarmada kitobxonlar uchun badiiy adabiyot va sohaga oid kitoblarning savdosi ham tashkil etildi.  

Har bir tashkilot va idora, har bir tizimda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hurmat bilan qaralsa, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va obro‘si kundan-kunga yuksalib boraveradi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatning eng qadrli boyligi – bu uning tili