Millatlararo totuvlik – osuda hayot negizi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda bugungi kunda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoqlikda yashab kelmoqda.
Bag‘rikenglik, tolerantlik tamoyili ustuvor yurtimizda barcha millat vakillarining urf-odat va an’analariga, milliy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularga teng va keng sharoit yaratish milliy qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan.
[gallery-9143]
Namangan viloyati hokimligi va milliy madaniy markazlar hamkorligida tashkil etilgan do‘stlik bayramida shular xususida so‘z yuritildi. Unda koreys, rus, tojik va qirg‘iz milliy madaniy markazlari o‘z urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirning badiiy qismida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Galina Shin hamda xalqaro tanlovlar ishtirokchisi "Asadal" milliy ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, dilbar raqslar barchada katta taassurot qoldirdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA