16 noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”

Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil e’tiqodga ega kishilarning bir zamin, bir vatanda, olijanob niyatlarda hamjihat yashashini anglatadi. Aslida barcha dinlar ezgulikni targ‘ib qiladi, halollik, tinchlik, yaxshilik va do‘stlik kabi ezgu fazilatlarga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.

Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik jahon hamjamiyati uchun g‘oyat dolzarb. 1995 yil 16 noyabrda BMT Fan, ta’lim va madaniyatga ixtisoslashgan tashkiloti – YUNESKO tomonidan qabul qilin Bag‘rikenglik tamoyili deklaratsiyasida e’tiqod va vijdon erkinligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bosh qomusimizda mamlakatimizda yashayotgan barcha millati, tili, e’tiqodi, ijtimoiy holatidan qat’i nazar O‘zbekiston halqini tashkil qilishi, ularning huquqi va manfaati, shuningdek e’tiqod erkinligi kafolati mustahkamlangan.

Bugungi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari Konstitutsiya hamda qonunlarimizda qayd etilgan teng huquq va imkoniyatdan foydalanib, turli sohalarda samarali mehnat qilib kelmoqda. YUNESKO doirasida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, dinlar va konfessiyalararo muloqot o‘rnatish, millat va elatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qabul qilingan bag‘rikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar orasida “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” muhim o‘rin tutadi. Mazkur hujjat asosida butun dunyoda, jumladan O‘zbekistonda ham “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” keng nishonlanadi.

Yurtimizda o‘tkazilayotgan Bag‘rikenglik haftaligi, ushbu tushunchaning mazmun-mohiyati haqida Respublika ozarbayjon milliy madaniyat markazi raisi Mobil Mamedov O‘zAga intervyu berdi.

– Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik, beg‘ubor osmon, munavvar kunlarimiz qardr-qimmati, ahamiyati har qachongidan ham ortib ketdi. Bunday osuda hayotning qadriga yetish kerak. Ana shu osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyilini yanada mustahkamlashga diyorimizda alohida e’tibor qaratilmoqda. Turli e’tiqodga ega millatlar bir zaminda buyuk g‘oya va sof niyat yo‘lida hamjixat yashashi esa bag‘rikenglikning yaыыol ifodasidir.

O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash do‘stlik muhiti va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashni nazarda tutadi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga yo‘naltirilgan keng miqyosli ishlar ham e’tiborga loyiq.

Mustaqil diyorimiz – O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari 16 xil diniy konfessiyaga e’tiqod qilib kelmoqda. Davlat ta’lim muassasalarida o‘qish yetti tilda olib boriladi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘n ikki tilda ko‘rsatuvlar namoyish etadi, o‘ndan ortiq tilda gazeta, jurnallar nashr etilmoqda. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshida 154 milliy madaniy markaz, 16 diniy konfessiyaga tegishli 2300 ga yaqin tashkilot faoliyat yuritadi.

Diniy bag‘rikenglik turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud aqidaviy farqdan qat’i nazar, yonma-yon, o‘zaro tinch-totuv yashashni anglatadi. Har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkin bo‘lgani holda, bu huquqqa boshqalar ham egaligini e’tirof etmog‘i lozim.

O‘zbekiston Respublikasining bu boradagi davlat siyosati asosiy tamoyillari fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniyati, tili va diniy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini o‘zaro hurmat qilishni ko‘zda tutadi.

Dunyoning turli hududlarida millatlar, dinlar o‘rtasida kurashlar, urushlar davom etayotgan bir paytda tinchliksevar mamlakatimiz O‘zbekistonda “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” millatlar bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

Har yili ushbu sanaga bag‘ishlab “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida turkum tadbirlar, jumladan Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish, press-klub yig‘ilishi, davra suhbati, seminar va xalqaro konferensiyalar, “Bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi, milliy hunarmandlik, kitoblar, fotolar ko‘rgazmalari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Haftalikning asosiy tashkilotchilari Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalqaro islom akademiyasi hamda Milliy madaniy markazlardir. An’anaga aylangan tadbirlarda O‘zbekistonda ahil, inoq yashab kelayotgan qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, turk, ozarbayjon, arman, yahudiy, nemis, koreys, rus, ukrain, tatar, boshqird, dungan, polyak, gruzin kabi millatlar vakillari faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Ozarbayjon madaniy markazi faollari milliy urf-odat va an’analar aks etgan ko‘rgazma, milliy liboslar namoyishi hamda kuy, qo‘shiq, raqslar bilan tomoshabinlarni xushnud etmoqda. Ayniqsa, sana munosabati bilan dinlararo hamda millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir gurux fuqarolar hamda xorijlik hamkorlar davlat mukofotlari va “Bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi alohida e’tirofga molik.

Bunday tadbirlar turli millatlarni jipslashtirish, jamiyatda ko‘p millatli yagona ahil oila tuyg‘usini qaror toptirish, mamlakatimizda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuyg‘usini kuchaytirishga zamin yaratadi.

Bularning bari shu zaminda yashayotgan, qadr-qimmati baland, Vatanimiz uchun kerakli barcha millat va elat vakillarining mehnati e’tirof va e’zozga sazavorligidan dalolat.

O‘zA muxbiri Go‘zal Sattorova yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatlararo totuvlik - osoyishtaligimiz garovi