Millatlararo munosabatlar masalalariga bag‘ishlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda masofaviy onlayn seminar o‘tkazildi.
Seminar davlatimiz rahbarining 2019 yil 15 noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"dagi vazifalar doirasida millatlararo munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari mas’ul xodimlari uchun tashkil etildi.


Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev “Millatlararo munosabatlar sohasida davlat tashkilotlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari” mavzusidagi ma’ruzasida Qo‘mita faoliyati xususida batafsil to‘xtaldi.
Seminarda so‘zga chiqqan ekspertlar tomonidan “Globallashuv jarayoni va millatlararo munosabatlar tizimining rivojlanishi”, “O‘zbekistonda milliy siyosat va millatlararo munosabatlarning sotsiologik tahlili”, “Milliy o‘zlikni anglash: tarix va etnomadaniy o‘ziga xoslik”, kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ishtirokchilar tomonidan taklif hamda mulohazalar bildirildi.

N.Usmonova, O‘zA