XX asr boshlarida butun Turkistonda yangi kuchga kira boshlagan jadidchilik harakati o‘lkaning barcha sohadagi ishlarining kelajagini belgilab berdi. Jumladan, yangi adabiyot, publitsistika, siyosat va hokazolar. Davr ushbu yo‘nalishlarning xarakterini aniqlab bergan namoyandalarini ham o‘rtaga chiqardi. Ushbu islohotchilik, ya’ni jadidchilik nomi bilan tarixga kirgan keng qamrovli harakat jamiyatning barcha sohalarini teng qamrab oldi.

O‘sha davr ko‘zga tashlangan islohotchi shaxslaridan biri Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) bo‘lib, uning faoliyati va ijodi yaqin tariximizning eng porloq sahifalaridan birini tashkil qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni yozuvchi, shoir, jurnalist, siyosiy arbob va Turkiston jadidchiligining g‘oyaviy yetakchilaridan biri sifatida tanilgan Abdurauf Fitratga bag‘ishlanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_RSXaCAHXVs" title="Millatga “najot yo‘li”ni ko‘rsatgan jadid" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millatga “najot yo‘li”ni ko‘rsatgan jadid (+video)