Atoqli olim Abduqahhor Ibrohimov bir ko‘rishda juda kamtarin insondek tasavvur hosil qilsalar-da, lekin millat sha’ni, milliy o‘zlik va g‘urur kabi masalalarga daxldor bo‘lgan, yechimida hali ham tadqiqotchilar bir to‘xtamga kelmagan minglab dolzarb masalalarni o‘z asarlarida baralla ko‘tarib chiqqan, ularga aniq o‘z ilmiy xulosalarini bildirgan ziyolilar peshqadami edilar.

Aslida ilm-fanda yangilik qilish igna bilan quduq qazishga tengdir. Atoqli olim Abduqahhor Ibrohimov mamlakatimizning fidoyi, zahmatkash, millat farovonligi yo‘lida umrini baxshida etgan olimlardan edi.   

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy xotira anjumani  bo‘lib o‘tdi.   

Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston Qahramoni, ustoz adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA Bosh direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Abdusaid Ko‘chimov, xalq artisti Dilorom Karimova, adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqor, xonanda Aziz Rajabiy, islomshunos olim Ne’matullo Muhamedov va boshqalar ko‘pchilik yoshlarga ustoz bo‘lgan Abduqahhor Ibrohimov faoliyati, insoniy fazilatlari, asarlari, ilmiy izlanishlari xususida batafsil so‘z yuritdi. Uning ustozlik o‘gitlari, mashaqqatli mehnatlariga oid iliq xotiralar yodga olindi.   

–Shu kunlarda “Ma’rifat ulashib” loyihasining turkum uchrashuvlari, O‘zbek tili, milliy adabiyotimiz bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar qizg‘in ruhda o‘tmoqda, – dedi Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo. – Shu bilan birga, adabiyot rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlarning yubiley tadbirlari o‘tkazilmoqda. Abduqahhor Ibrohimov umrini Vatan saodati, millat taraqqiyotiga sarflagan serqirra ijodkor edi. U bir paytning o‘zida olim, yozuvchi, dramaturg, jamoat arbobi sifatida samarali faoliyat olib borganini ko‘plab tashkilotlar, vazirliklarda birga ishlab guvoh bo‘lganmiz. Uning “Vatan tuyg‘usi”, “Bizkim, O‘zbeklar”  kabi asarlari hali ham qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilmoqda. Bu asarlar o‘quvchi qalbiga yorug‘ vataniy tuyg‘ularni olib kirgani, tarixiy xotirani anglashga imkon berishi bilan juda qadrli.   

– Abduqahhor Ibrohimov jadidlar ma’rifati, falsafasi, siyosatining zamonamizdagi talantli izdoshi, ularning shogirdlaridan biri edi, – dedi O‘zbekiston Qahramoni, abadiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov. – Abduqahhor Ibrohimovning hamma asarlarini qo‘lyozmalarda o‘qiganman. Biz qadrdon do‘st edik. Odil Yoqubov bosh muharrirlik qilgan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida birga ishlaganmiz. Abduqahhor jadidlarning izdoshi bo‘lishi bilan birga, mashhur Ibrohimovlar degan adabiyot, ilm-ma’rifat, san’atda beqiyos iz qoldirgan katta sulolaning vakili edi. U o‘zining jurnalistlik, yozuvchilik, dramaturglik, publitsistlik va olimlik faoliyatini umrining oxirigacha to‘liq namoyon  etdi. Millatparvarlik yo‘lini davom ettirgan yozuvchilarimizdan edi. Milliy dramaturgiyamiz uchun o‘lmas asarlar yaratdi. “Bizkim, O‘zbeklar” asari bahs qilishga katta asoslar bo‘ladigan, o‘quvchiga impuls beradigan, yangi-yangi fikrlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladigan asar. Bu asar xalqimiz, uning tarixi, istiqlolga kelishi manzaralarini yurakka mag‘zdor qilib joylab qo‘yadigan  asardir.   

Atoqli adabiyotshunos olim Rahmon Qo‘chqor bunday adabiy anjumanga yoshlarni ko‘proq jalb etish, millat kelajagi uchun mayoq bo‘ladigan ijodkor ziyolilar faoliyatini, asarlarini, ibratli insoniy fazilatlarini yosh avlod o‘rtasida tobora ko‘proq targ‘ib etish dolzarb ekanini ta’kidladi.  

–Abduqahhor akaning umrlari oxirida yozgan “Men va ildizlarim” asari haqida gapirmoqchi edim, – dedi Rahmon Qo‘chqor. – Muallif erinmasdan Turkiyadagi qarindoshlari, shajarasi haqida batafsil yozgan edilar. “Vatan tuyg‘usi”ning muomalaga kiritilishida, shunday darsning  maktablarda joriy etilishida Abduqahhor akadek millatparvar ijodkorlarning xizmatlari beqiyosdir.   

Ma’rifiy anjumanda Abduqahhor Ibrohimovning asarlari, ijodi xususida batafsil so‘z yuritildi.   

Abduqahhor Ibrohimov “Toshkent ko‘chalari”, “O‘zbekiston – uyg‘ongan o‘lka” hujjatli-ma’rifiy filmlar muallifidir. Uning “Arra”, “Meni aytdi demang”, “Zo‘ldir”, “Bir o‘likka bir tirik”, “Bu zamon o‘g‘loni”, “Tusmol”, “Sochqi”, “Mayli, mayli”, “Ofarin”, “Puch”, “Shayton yo‘li” kabi komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo‘yilgan.   

“Birinchi bo‘sa”, “Tusmol”, “Obo mne ni slova” (“Men haqimda bir so‘z ham yo‘q”) nomli pesalari respublikamiz hamda Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Rossiya teatrlarida sahnalashtirilgan.   

Adibning “Bizkim, O‘zbeklar”, “Vatan tuyg‘usi”, “Uyqu kelmas kechalar”, “Millat ovozi”, “Yorug‘lug‘”, “Muftiylar sulolasi”, “Ruhiy oziq maxzani”, “Ma’mun akademiyasi”, “Ziyorat”, “E’tiqodga baxshida umr” kabi asarlari alohida o‘rin tutadi. 

Tadbirda adibning yozgan asarlari, sahna yuzini ko‘rgan pesalari o‘zbek adabiyotining ma’naviy merosiga aylanishi ta’kidlandi.   

Nazokat Usmonova,

Ahmadjon Ergashev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millat sha’niga, uning tarixiga umrini bag‘ishlagan zahmatkash olim yodi