2020 yil noyabr oyida Prezidentimiz tomonidan «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaror imzolangan edi. Ushbu qarorda millat genofondini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar ham belgilangan.

Shu asosda bolalardagi kasalliklarga qarshi kurashish uchun Funksional oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish maqsad qilib qo‘yildi.

Funksional oziq-ovqatlar kombinati o‘z sohasining kuchli mutaxassislari bo‘lgan olimlarni jalb qilgan holda tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishni boshladi.

Misol uchun, kombinatning katta yutuqlaridan biri – tarkibida organik yod bo‘lgan pechene mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Bunday xayrli ishlarga start berilganiga hali ko‘p bo‘lmasada, Funksional oziq-ovqatlar kombinati tomonidan tarkibida organik yod mavjud bo‘lgan oziq-ovqatlar ishlab chiqarishga patent ham olindi.

Bu kashfiyot dunyo bo‘yicha yod tanqisligi yuqori bo‘lgan O‘zbekistonda millat genofondini sog‘lom asrashga xizmat qilishi aniq.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/57XajhGL3JQ" title="Millat genofondini mustahkamlash bo‘yicha yana bir qadam tashlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Sh.Otaboyev, N.Abduvoitov, (video) O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Millat genofondini mustahkamlash bo‘yicha yana bir qadam tashlandi (+video)