Millat bayrogʻini koʻtarguvchilar...
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri, Davlat mukofoti sovrindori, sheʼrlari dunyoning ellikdan ortiq tillariga tarjima qilingan ustoz Omon Matjon bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri, Davlat mukofoti sovrindori, sheʼrlari dunyoning ellikdan ortiq tillariga tarjima qilingan ustoz Omon Matjon bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ijodiy uchrashuvda shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Otabek Abdugʻaniyev, “Tasviriy Oyina” ijodiy birlashmasi Sirdaryo viloyati rahbari Hakimjon Yunusov, “Adolat” SDP Sirdaryo viloyati rahbari Dilshunos Abdullayeva va boshqalar ishtirok etishdi.
“Men Sirdaryoga bagʻishlab juda koʻp sheʼrlar yozganman. Sirdaryo men uchun hamisha ilhom manbai boʻlib kelgan. Bugun Gulistonni aylanib oʻzgacha bir shukuh, oʻzgacha fayz va tarovatni his qildim. Bilasiz mening “Avvalgilarga oʻxshamas” nomli sheʼrim bor. Goʻzal va maftunkor Gulistonni aylana turib beixtiyor “Avvalgilarga oʻxshamas” deya lablarim pichirladi. Endi Sirdaryo haqida sheʼr emas, doston yozaman. Bu Sirdaryo daryosi kabi hayqirib turgan shunday bir joʻshqin qasida boʻladiki, umid qilamanki barcha sirdaryoliklar uni yoddan aytib yurishadi. Bugun Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabining oʻquvchilarini koʻrib, yangi Halimalar dunyoga kelayotganligining guvohi boʻldim. Millat bayrogʻini yuksak tutganlar, sogʻ boʻlinglar!” dedi Oʻzbekiston xalq shoiri Omon Matjon.
Sirdaryo viloyati ashula va raqs ansambli filarmoniyasi xonandasi Zohidjon Yusupovning diltorlar kuy va qoʻshiqlari anjumanga yanada fayz va yanada shukuhli tarovat bagʻishladi.
Muhammad Ismoil,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabi direktori