Yoxud yillik 65 yoki kunlik 0,3 foiz miqdorda foiz to‘lash sharti bilan mikroqarz yoki kredit ajratish insofdanmi?

Kredit tashkilotlari kunlik 0,3 yoki yillik 65 foiz to‘lash sharti bilan qarz beramiz, degan mazmundagi reklamalarni tarqatayotganiga har qadamda duch kelish mumkin.

Shu o‘rinda shunday shartlar bilan miromoliyalash mumkinmi, degan o‘rinli savol paydo bo‘ladi.

Axir kunlik 0,3 foiz to‘lash sharti bilan mikroqarz berish yoki kredit ajratish bu yillik 109,5 foiz to‘lash sharti bilan mikromoliyalash hisoblanadi. Yillik 65 foiz ham juda yuqori stavka hisoblanadi. Jismoniy shaxslarga ushbu shartlar bilan qarz va kredit ajratish esa qonun normalarini buzish hisoblanishi mumkin.

Chunki “Nobank tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 32-moddasiga asosan, jismoniy shaxsga kredit (mikroqarz) berish shartnomasi bo‘yicha yillik qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash mikromoliya tashkilotlariga va lombardlarga taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur qonunning 25-moddasida mustahkamlanishicha, Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan iste’mol kreditlari va mikroqarzlar, shuningdek, lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalarining va to‘lovlarning eng yuqori qiymatlarini belgilashga haqli hisoblanadi.

Markaziy bank qarori bilan tasdiqlangan “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizom”da ham kredit yoki mikroqarz bo‘yicha asosiy qarzdan tashqari barcha to‘lovlar, shu jumladan, foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yig‘indisi yiliga qarz miqdorining yarmidan ko‘pini tashkil etishi mumkin emasligi belgilangan.

Lekin, shunga qaramasdan bugungi kunda lombardlar yoki mikrokredit tashkilotlari yoxud turli nobank tashkilotlar tomonidan yillik asosiy qarzdorlikning yarmidan ko‘pini tashkil qiladigan javobgarlik choralarini belgilash yoxud kredit va mikroqarzlar uchun yuqori foiz stavkalarini belgilash holatlari kuzatilmoqda.

Xo‘sh, yuqoridagi shartlarni buzib tuzilgan kredit shartnomalari va mikroqarz shartnomalarining taqdiri nima bo‘ladi?

Fuqarolik kodeksining 116-moddasida qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi belgilangan.

Agar mikroqarz shartnomalarida yillik foizlar asosiy qarz miqdorining yarmidan ortiq, ya’ni 50%+ ko‘rinishida nazarda tutilgan bo‘lsa, bunda shartnomaning mazkur sharti Fuqarolik kodeksining 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksining 128-moddasida bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi qoidalari belgilangan bo‘lib, bitimning bir qismi haqiqiy sanalmasligi bitimga haqiqiy sanalmagan qism qo‘shilmasa ham u tuzilgan bo‘lar edi, deb taxmin qilish mumkin bo‘lsa, uning boshqa qismlari haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘lmasligi belgilangan.

Ushbu vaziyatda qarz shartnomasining foizlar to‘lash miqdori va shartini belgilash to‘g‘risidagi bandining o‘zigina o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi, lekin qarz shartnomasi tuzilgan hisoblanadi. Chunki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qarz shartnomasi bo‘yicha shartnoma taraflar qarz summasiga nisbatan foizlar miqdori va tartibini kelishgan, kelishmaganidan qat’iy nazar, pul yoki boshqa ashyoni qarz beruvchi qaytarish sharti bilan qarz oluvchiga topshirgan vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

Fuqarolik kodeksining 113-moddasi uchinchi qismida o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talabni har qanday manfaatdor shaxs qo‘yishi mumkinligi belgilangan.

Qolaversa, sud bunday oqibatlarni o‘z tashabbusi bilan qo‘llashga haqli. Qarz shartnomasi bo‘yicha yillik asosiy qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorda foizlar belgilangan mikroqarz shartnomalari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rish jarayonida sud shartnomaning foizga oid qismi o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagani sababli uning oqibatlarini o‘z tashabbusi bilan qo‘llashi mumkin.

Agar mikroqarz shartnomalarida bir nechta majburiyatni ta’minlash usullari yoxud bir nechta javobgarlik choralari belgilangan bo‘lib, mazkur javobgarlik choralarining hajmlari qo‘shilganda ularning umumiy hajmi yillik asosiy qarz miqdorining yarmidan ko‘pni tashkil qiladigan bo‘lsa, bunda javobgarlik choralaridan birini yoki barchasi bo‘yicha shartnoma shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligiga olib kelishi mumkin.

Kredit (mikromoliyalash) shartnomalari misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, mikroqarz shartnomalaridan farqli ravishda qonunda belgilangan yuqori stavkadan oshirib foizlar, penyalar, komissiyalar, xizmatlar uchun haqlar hamda javobgarlikning boshqa choralarini belgilagan holda tuzilgan kredit shartnomalari amaldagi qonunchilikka asosan kredit shartnomalarining tuzilmagan deb topilishiga olib kelishi mumkin.

Fuqarolik kodeksining 128-moddasiga asosan, kredit shartnomasi foizga oid shartining o‘z-o‘zidan haqiqiy emasligi kredit shartnomasini tuzilmagan deb baholanishiga olib kelishi mumkin.

Shunday ekan, moliya tashkilotlari kredit bilan bog‘liq foiz stavkalarini belgilashda qonunga rioya etishi, qolaversa, aholiga malol keladigan shartlardan chekinishi maqsadga muvofiq.

Gulruh Mamaraimova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha 

Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mikroqarz va kreditlar: foizlar nega buncha yuqori?