Joriy yilning 11 fevral kuni O‘RQ-1026-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari o‘rtasida ularni bog‘lovchi "zanjir"ni shakllantirish, mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar va depozitlar jalb etish imkoniyati yaratiladi. 

Endilikda bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida ko‘rsatishga vakolatli bo‘lgan mikromoliya banki instituti joriy etiladi. 

Shuningdek, qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos yaratilmoqda. 

Bundan tashqari “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Markaziy bank tomonidan berilishi belgilandi. 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mikromoliya banki instituti joriy etiladi