Xitoylik talaba Syu Yang mart oyida 3D-printerda chiqargan mitti dron soatiga 340 kilometr – rekord tezlik oldi, deb yozdi “South China Morning Post” gazetasi.
Yosh havaskor muhandis tomonidan yaratilgan dron yengil, uglerod tolali ramkadan, o‘ta yupqa 0,4 mm 3D-printer korpusdan iborat bo‘lib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi parraklar bilan jihozlangan.
– Vazni 250 gramm ham chiqmaydigan “Rrowyess” mikrodroni soatiga 340,78 kilometr tezlikka erishdi va masofadan boshqariladigan shunday kvadrokopterlar orasmida rekord natija qayd etddi, – deb yozgan nashr.
Darvoqe, o‘tgan yil oktyabr oyida kuzatilgan 244 kilometr/soatlik avvalgi rekord ham Syu Yangga tegishli edi.
Ixtirochi ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun dvigatel va parrak tizimini takomillashtirishda davom etishini bildirgan.