O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi hamkorligida tijorat banklari rahbarlari ishtirokida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari A.Haydarov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida ishonchli va mustaqil milliy bank-moliya tizimini yaratish, aholining bank muassasalariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi ko‘magida mamlakatimiz bank sohasini isloh qilish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Masalan, ushbu hamkorlik doirasida “O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini yanada oshirish” loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad aholi, kichik va o‘rta biznes vakillari orasida moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabni kuchaytirishdir. Markaziy bankning 10 nafar xodimiga “Bank maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha trener” sertifikati topshirildi.

Tadbirda bank muassasalari “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” tamoyiliga amal qilayotgani qayd etildi. Aholining turli qatlami manfaatlari inobatga olinib, qator moliyaviy xizmatlar taklif qilinmoqda. Ayni paytda mijozlar bilan bevosita muloqot qiladigan bank maslahatchilari ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutib, mijozlar bilan barqaror va foydali munosabatlar o‘rnatishga yordam bermoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 1000 kishiga 1028 bank hisobraqami to‘g‘ri kelayotgani ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning yaqqol samarasidir. 

Axborot texnologiyalari sohasi ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Bugungi kunda mamlakatimiz banklari bank-mijoz, internet-banking va SMS-banking kabi masofadan xizmat ko‘rsatish turlarini taklif qilmoqda. Mijoz telefon yoki internetga ulangan komputer yordamida xohlagan paytda to‘lovlarni amalga oshirishi, ushbu jarayonni kuzatishi, hisobga pul kelib tushgani yoki mablag‘ sarflanganiga oid ma’lumotlarni tezkor olishi mumkin. Tadbirda ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Interaktiv xizmatlar tijorat banklari sohasida byurokratik to‘siqlarni bartaraf qilishga yordam bermoqda.

Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi vakillari mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar banklarning kapitallashuvi va likvidligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bank sohasini yanada rivojlantirishning mustahkam asosini yaratayotganini ta’kidladi.

– 2008-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz, – deydi Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi departamenti direktori Mattias Fos. – O‘zbekiston banklari xalqaro standartlarga mos ravishda jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham bank va mijoz o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 250 nafardan ziyod bankir talabni shakllantirish va mijozga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malaka oshirdi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish – ustuvor vazifa