Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida aholi sonining kamayishi, iqtisodiy sektorda, qishloq xo‘jaligi, qurilish va xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarda ish o‘rinlarini ko‘payishi mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishiga katta turtki bo‘ldi. Bu esa yurtdoshlarimiz uchun tashqi migratsiya geografiyasi kengayib, qator yangi davlatlarda yuqori daromad olib ishlash imkoniyatini yuzaga keltirmoqda.
Bu borada qanday huquqiy mexanizmlar yaratilgan, qaysi davlatlar ko‘proq ish o‘rni taklif etmoqda? Xorijga ishga ketayotgan fuqarolarimizga qanday sharoit va imkoniyatlar, imtiyozlar yaratib berilmoqda? Shu mavzudagi suhbatimiz Migratsiya agentligi boshqarma boshlig‘i Dostonbek Mahmudov bilan bo‘ldi.
- Bugun fuqarolarimizuchun tartibli va xavfsiz migratsiya ta’minlanganmi? Bu borada qanday huquqiy asoslar yaratib berilgan?
- Hozirgi kunda migratsiya sohasida juda ko‘plab islohotlar olib borilmoqda. Migratsiya agentligining 2024 yilgi faoliyatiga va 2025 yilda amalga oshiriladigan rejalarida asosiy o‘rin mamlakatimizda migratsiya sohasida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan. Bu bo‘yicha xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini tashkil etishga oid muhim qarorlar qabul qilingan. Xususan, migratsiya sohasida 2024 yil oktyabr oyida muhtaram Prezidentimizning ikki muhim hujjatlari qabul qilindi. Respublikamizda mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, ushbu yo‘nalishda yangi mexanizmlarni joriy qilish uchun bugungi kunda 16ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish va xorijda ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 30ga yaqin hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarga erishildi. Shu bilan birga migratsiya geografiyasi kengaymoqda. Masalan, Germaniya, Yaponiya va boshqa iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning mehnat bozoriga kirib boryapmiz. Buning sababi hozirda o‘sha mamlakatlarda tug‘ilish soni kamaygani, shuningdek bo‘sh ish o‘rinlarining ko‘paygani deyish mumkin.
Bosqichma-bosqich ushbu davlatlarga xizmat safarlarini amalga oshirib, yangi salohiyatli ish beruvchilar va hukumat a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelishuvlarga erishib kelinmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lm_HzsNANRo?si=LsxuO-6LmKzzeIFz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA