Farg‘onada Majburiy ijro byurosi Toshloq tumani bo‘limi davlat ijrochisini xizmat vazifasini bajarayotgan paytida qasddan urib, tan jarohati yetkazgan shaxs ozodlikdan mahrum etildi.

Bugungi kunda kredit evaziga hamda muddatli to‘lovga savdo qiluvchi do‘konlar ko‘p. Ulardan maishiy texnikalarni bemalol xarid qilish mumkin. Afsuski, shunday bo‘lsada oramizda to‘lovni amalga oshirish jarayonlarida turli nizolar uchramoqda.  

Toshloqlik Malika (ismi o‘zgartirilgan) quda xolasining iltimosiga yo‘q deya olmay kredit do‘konidan o‘z nomiga uyali telefon rasmiylashtirib, unga beradi. Quda xola hisob-kitobni shaxsan o‘zi oyma-oy to‘lab borishini aytgan. Do‘kon tomonidan ko‘p bor ogohlantirishlarga qaramay kredit vaqtida to‘lanmagan.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi tomonidan qarzdorlikni undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarilgan. Majburiy ijro byurosi Toshloq tumani bo‘limidan qarzdorlik yuzasidan davlat ijrochisi Malikaga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib, qarzdorlikni bartaraf etishni aytgan. Hech qanday to‘lov qilmagandan so‘ng uyiga borgan. Malika “telefonning haqiqiy egasi”, ya’ni foydalanayotgan quda xolaga qo‘ng‘iroq qilib, qarzdorlik bo‘yicha Byuro xodimlari kelganligini ma’lum qilgan. Oradan bir oz fursat o‘tgach, qarzdorning qarindoshlari kirib keladi va xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochisiga faol qarshilik ko‘rsatishadi. Davlat ijrochisi, sud va boshqa vakolatli organlar ijro hujjatlarining majburiy ijro etilishi bevosita Byuro organlari zimmasiga yuklatilgan va bu jarayonda yuzaga keladigan munosabatlar qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralari orqali tartibga solinishi haqida tushuntirishga harakat qiladi.  

Ammo ijrochi tushuntirishlarini tugatar-tugatmas, “qudaxola”ning o‘g‘li ijrochining yuz qismiga mushti bilan zarba berib, tan jarohati yetkazadi. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun tuman sudiga yuborilgan.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tumani sudining hukmiga asosan sudlanuvchi I.I.ga nisbatan bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  

M.Sulaymonov,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB xodimini urgan yigit qamaldi