Surxondaryolik Doniyor Xo‘jamurodov bundan bir yil muqaddam “Stroymontaj” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga haydovchi bo‘lib, ishga qabul qilinganida “endi ro‘zg‘orimni butlab olaman, qo‘lim pul ko‘radigan bo‘ldi,” degan xayolga borgan edi. O‘ziga yarasha mashaqqati va mas’uliyati bor kasb egasi bu yerda katta xursandchilik bilan mehnat qila boshladi. Afsuski, o‘ylari xom xayol ekanini keyinchalik anglab yetdi. Chunki, mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari o‘zaro kelishilgan oylik maoshni to‘lab bermaslik uchun turli bahonalarni izlay boshladi.

Rahbarning quruq gaplari evaziga har oy barmog‘ini tishlab qolayotgan haydovchi sermashaqqat mehnat haqini undirib olish uchun sud organlariga murojaat etishga majbur bo‘ldi. Ishni har taraflama o‘rganib chiqqan sud da’vogar foydasiga to‘lab berilmagan 51 million 532 ming so‘m oylik ish haqini undirishni belgiladi.

Bu haqdagi hujjat MIB Termiz shahar bo‘limiga qabul qilingach, davlat ijrochisi F.Do‘stmurodov darhol majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor tashkilotning barcha hisob raqamlariga band soldi. Unga tegishli ko‘chmas mulk va avtotransport vositalariga nisbatan taqiq qo‘yildi. Haydovchi foydasiga to‘lab berilmagan oylik ish haqi va ma’naviy zarar uchun besh million so‘m kompensatsiya puli undirib berildi.

MIB Surxondaryo viloyat boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tizimda ish haqini undirish va ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatlari alohida nazoratga olingan. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida davlat ijrochilari fuqarolar foydasiga 2 milliard yuz million so‘m ish haqini to‘lattirib berdi. Noqonuniy ishdan bo‘shatilgan o‘ttizga yaqin ishchi-xodim o‘z ishiga qayta tiklandi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: Termizda haydovchining ish haqi undirib berildi