MIB Termiz shahar bo‘limi yangi binoda ish boshladi
Bosh qomusimiz qabul qilinganining 29 yilligi bayrami arafasida Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.
Surxondaryo viloyatida Byuro organlari xodimlarining samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy bino va inshootlar bilan ta’minlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Yangi binoni tantanali foydalanishga topshirish marosimida shu haqda atroflicha so‘z yuritildi. Byuro xodimlarining sohalar kesimidagi mavjud qarzdorliklarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida undirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari, shu maqsadda aholi orasida olib borayotgan keng ko‘lamli tushintirish – targ‘ibot tardbirlari samaralari atroflicha tahlil qilindi.
Zamonaviy uslubda bunyod etilgan binoda xodimlarning unumli mehnat qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Davlat ijrochilarining kasbiy va bilim salohiyatini oshirishga moslashtirilgan keng, shinam o‘quv xonalari barpo etilib, jihozlangan.

Boshqa xonalar ham mebel va zamonaviy zarur anjomlar, kompyuter jamlamalari bilan ta’minlangan.
Tadbir ishtirokchilari yangi binoda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA