MIB tashkil etilganiga 4 yil to‘ldi
Yaxshi bilamizki, mamlakatimizda sud va boshqa organlar qarorlarini ijrosini ta’minlash va orqali jamiyatda adolatning qaror topishiga xizmat qilayotgan Majburiy ijro byurosi 4 yil muqaddam Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan edi.
Dastlab, o‘z faoliyatida sud va boshqa organlar qarorlari ijrosini ta’minlash bilan birga energiya resurslari, suv ta’minoti hamda qattiq maishiy chiqindi sohasidagi to‘lovlarni undirish ishlari bilan shug‘ullangan MIB organlari ijobiy ko‘rsatkichlarga erishdi.
Hozirda ham MIB organlari - sud va boshqa organlar qarorlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlarni olib bormoqda.
O‘tgan davrda 65,4 trln. so‘m undirilib, o‘tgan yillarning mos davriga nisbatan undiruv 34,4 trln. so‘mga yoki 111 foizga ko‘paygan.
Dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lgan aliment qarzdorligini undirish masalasida tubdan o‘zgacha yondashuv tadbiq etilib, natijada 55 mingdan ziyod taraflarni yarashtirish asosida tamomlandi va oilalar qayta tiklandi.
Shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruvdagi 12 215 ta jismoniy shaxslar topildi, shundan 70,7 mlrd. so‘m undirilishi ta’minlandi, shuningdek, qidiruvga berilgan avtotransport hamda texnika vositalaridan 10 696 tasi topildi va 389,2 mlrd. so‘m undirilishi ta’minlandi.
MIB o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanilmoqda.
Hozirda aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi aliment majburiyatlarining bank hisobvarag‘i bilan integratsiya qilindi.
Bu esa, aliment oluvchi fuqarolarning endilikda mablag‘larni masofadan turib plastik kartochka orqali olish imokiyatini beradi.
Mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun MIB.UZ (Play Market ilovasi) maxsus dasturi joriy qilindi.
Bu tizim aliment va boshqa qarzdorliklar haqidagi ma’lumotlarni olish, mavjud taqiqlarni bilish, ijro ishlari jarayonini kuzatish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Yangi joriy yana bir yangilik Byuroning rasmiy “mib.uz” sayti hamda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun MIB.UZ tizimidagi
“Bo‘lajak hamkoringizni bilasizmi?” sahifasi orqali fuqaro va tadbirkorlarimizning hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan sub’ektlarni amalda undirish imkoni bo‘lmagan va to‘lov qobiliyatisiz mavjud qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi.
O‘zA