Namanganda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va blogerlar ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida byuro organlarida raqamlashtirish va amaliyotga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan ma’lumot berildi.

Unda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda keyingi yillarda zamon talabidan kelib chiqib, har bir soha va tarmoqlarni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2024 yilning 3 yanvardagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni dasturilamal bo‘lmoqda.

Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi organlarida raqamlashtirish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy elektron xizmatlar joriy etilgan. Misol uchun fuqarolarga chiqarilgan sud yoki boshqa ma’muriy organlar qarorlari bugungi kunda to‘liq avtomatlashtirilgan holda qabul qilinmoqda. 

Xususan, MIB tomonidan ishlab chiqilgan mib.uz mobil ilovasi orqali fuqarolar o‘zlariga tegishli ijro ishlari, qarzdorliklar va cheklovlar haqida ma’lumot olishlari mumkin. MIB qarzdorlarga ijro ishlari, cheklovlar va boshqa muhim ma’lumotlar haqida “mib” belgisi bilan “SMS” xabarlar yuborib ogohlantiradi.

Qolaversa, mib.uz sayti orqali fuqarolar qator xizmatlardan foydalanib kelishmoqda. Qarzdorlikni tekshirish, ijro monitoringi, respublikadan chiqishga cheklov, aliment hujjatlari, qayta ijroga topshirish, taransport va ko‘chmas mol-mulklarni tekshirish kabilar ana shular jumlasidan. Shuningdek, Telegram bot (@mibuzrasmiy_bot) orqali ham murojaat qiluvchi o‘ziga tegishli ijro ishlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olishi mumkin. Elektron portallar va integratsiya tizimida MIBning elektron xizmatlari “MIB portal” dasturi orqali 35 ta tashkilotning 63 ta yo‘nalishdagi axborot tizimlariga integratsiya qilingan. Bu, o‘z navbatida, ijro hujjatlari yurituvi, aylanmasi va ijro etish bosqichlarini elektron tarzda amalga oshirish imkonini beradi. 

MIB Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Mirzaahmedovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ijro ishini yuritish doirasida qabul qilingan qaror va boshqa hujjatlar jismoniy shaxslarga – ularning YAIDXPdagi (my.gov.uz) shaxsiy kabineti va yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi ko‘rsatildi.

Shuningdek, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yarimi miqdoridagi pul mablag‘lari fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad etib belgilandi. Bundan tashqari, MIB ijro hujjatlariga doir ma’lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reyestrini yuritishi ko‘zda tutildi.

Shuningdek, qonun hujjatlariga majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish chog‘ida davlat ijrochilari tomonidan mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanilishi mumkinligini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar va ijtimoiy tarmoqlar faollari sohaga oid savollarga atroflicha javob oldi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: raqamlashtirish jadallashmoqda