Majburiy ijro byurosining Payariq tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining chiqargan sud buyruqlariga muvofiq, turli tashkilotlar, jumladan, Suv ta’minoti, Soliq xizmati va bank muassasalari oldida qarzdor bo‘lgan shaxslarga tegishli transport vositalari xatlandi.
Ushbu chora-tadbirlar qarzdorlardan qonun asosida majburiy undiruvni ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Xususan, qarzdor M.I.dan 30 mln. so‘m soliq qarzi yuzasidan unga tegishli bo‘lgan “Kia K5” rusumli, qarzdor Yo.R.dan Payariq Suv ta’minoti tashkiloti foydasiga 14,9 mln. so‘m to‘lanadigan qarzdorlikni undirish maqsadida “Damas-2” rusumli, qarzdor S.R.dan bank muassasasi va davlat manfaatlarini ko‘zlab, ijro hujjatida ko‘rsatilgan garov mulki bo‘lgan “Chery Tiggo 7 Pro” rusumli hamda qarzdor M.X.ning bank qarzi hamda davlat boji bo‘yicha garov mulki bo‘lgan “Chevrolet Lacetti” rusumli avtomashinalari xatlandi.


Ushbu xatlov jarayonlari amalga oshirilgandan so‘ng, qarzdorlar tomonidan yuzaga kelgan barcha qarzdorlik summalari to‘liq hajmda to‘landi.
O‘zA