Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi ish yurituviga qabul qilingan ijro hujjatiga ko‘ra, Termiz shahridagi
Jayxun mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning hovlisi ya’ni, bolalar maydonchasi uchun mo‘ljallangan joyda Nozima To‘rayeva (ism-sharif o‘zgartirildi) o‘zboshimchalik bilan hech qanday hujjatlarsiz 184 kvadrat-metr yer maydonida yirik bino uchun mustahkam poydevor tashlaydi.

O‘zboshimchalik bilan boshlangan g‘ayriqonuniy ish mahalla ahlining haqli e’tirozlariga sabab bo‘ladi.
Mazkur masala fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rib chiqilib, javobgar Nozima To‘rayevaga o‘z hisobidan noqonuniyqurilmani buzib olish majburiyati yuklanadi. Biroq, ushbu talab ixtiyoriy bajarilmagani uchun MIB Termiz shahar bo‘limi davlat ijrochilari 1 million 875 ming so‘m ijroyig‘imi qo‘llab, majburiy ijro harakatlarini amalga oshirdi. 184 kvadrat-metr yer maydonida barpo etilgan noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida bartaraf etilib, barcha xarajatlar qarzdor hisobidan undirilishi belgilandi.
Mahalla ahlini bir necha yilo‘ylantirib kelgan ushbu muammo majburiy ijro harakatlari bilan to‘liq bartaraf etildi.
Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati organlari ijro ishlari bo‘yicha joriy yilning yanvar oyida amaldagi qonunchiligimizga zid 31 ta qurilmani bartaraf etdi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zAmuxbiri