MIB mutasaddilari yangi farmon yuzasidan izoh berdi: “MIB amalda oʻz vazifasini uddaladi”
Mana joriy yilning 15-iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6010 sonli Farmoni qabul qilindi.
Mana joriy yilning 15-iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6010-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan Majburiy ijro byurosi faoliyatidagi gaz va elektr uchun toʻlovlarni qabul qilish vazifa va funksiyalari Energetika vazirligi zimmasiga oʻtishi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni undirish mexanizmini amal oshirilishi nazarda tutilmoqda.
Bu borada jamoatchilik, ommaviy axborot vositlari va fuqarolarimiz juda turli fikr va munozaralarga sabab boʻldi.
Aslida, biz 3 yil oldingi tarixga nazarga solamiz.
Esingizda boʻlsa, bundan 3-4 yil avval ham kommunal xizmatlarning har bir turi uchun alohida-alohida idoralarga pul toʻlardik. Ayniqsa, dam olish kunlari goh elektr, goh gaz idorasidan yo boʻlmasam suvga, chiqindiga pul soʻrab birin-ketin eshik taqillatib kelishlar ham hali koʻpchilikning yodida boʻlsa kerak.
Bundan 3 yil avval Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosining tashkil etilishi bilan ana shu toʻlovlarning hammasi bitta joyga jamlandi.
2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yana-da mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari ijrosini taʼminlashga masʼul boʻlgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.
Majburiy ijro byurosi qisqa vaqt ichida tashkil etilgan kunidanoq, jamoatchilikning eʼtiborida boʻldi. Amalda elektr energiyasi, tabiiy gaz (keyinchalik 2018-yildan boshlab esa, suv taʼminoti) uchun toʻlovarni qabul qilish, bu sohaldagi huquqbuzarlikldarga qarshi kurashish, suiisteʼmolchilik va hisob-kitob ishlarini tartibga solish, shu bilan birga muqaddam tugatilgan Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti bajargan sud va boshqa organ qarorlarini ijrosini taʼminlashni yangi idora oʻz zimmasiga olgan edi.
Majburiy ijro byurosi huquqni muhofaza qiluvchi, Bosh prokuratura huzuridagi maxsus vakolatli organ boʻlib, surishtiruv va tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ham ega hisoblanadi.
Byuroda huquqbuzarliklarni fosh etish, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tezkor boʻlimlar ham faoliyat koʻrsatadi.
Bu esa, bu sohada huquqbuzarliklarning keskin kamaytirib, huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatda boʻlishni taqozo etardi.
Bu jarayonda yillar davomida kayfiyatga qarab toʻlaydigan ayrim fuqarolarimizga toʻgʻrisini aytish koʻp ham xush kelmadi.
Xoʻsh, Majburiy ijro byurosi oʻz vazifasini qanday uddaladi ?
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim oʻrin tutuvchi kommunal soha muammolariga yechim topish borasida ijobiy natijalarga erishildimi ?
Bu borada Majburiy ijro byurosining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Farrux Toshpoʻlatov izoh berdi.
— Avvalo, ish faoliyatimizni boshlashda – ijro ishi, energiya resurslari bilan bogʻliq barcha holatlar tizimli oʻrganib chiqilib, tahlil qilindi.
Energiya resurslari va suv taʼminoti sohasida toʻlov intizomini yana-da mustahkamlashda prokuratura tizimida toʻplangan tajriba va ijro intizomidan unumli foydalanildi.
Belgilangan vazifalar – energiya resurslari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirish, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish va oldini olish, shuningdek, sud hujjatlarining ijrosini soʻzsiz taʼminlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etildi.
Shu bois, keyinchalik Byuro organlariga qattiq maishiy chiqindilar uchun majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq undirish ham qoʻshimcha vazifa sifatida yuklandi.
Qisqa vaqt ichida sud va boshqa organlar qarorlari ijrosini taʼminlash, energiya resurslari boʻyicha qarzdorlikni kamaytirish borasida ijobiy koʻrsatkichlarga erishildi.
Iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun muhim tarmoq boʻlgan energiya resurslari sohasida toʻlov intizomi mustahkamlandi, yillar davomida toʻplanib kelgan tizimli muammolar va hisob-kitob ishlari oʻz yechimini topdi.
Bir soʻz bilan aytganda, Majburiy ijro byurosiga yuklatilgan vazifalar amalda bajarildi va uni endilikda mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash borasida davlat siyosatini amalga oshirib kelayotgan Energetika vazirligi zimmasi oʻtkazish vaqti kelgan edi.
Shu oʻrinda qisqa boʻlsada Byuro organlari tomonidan toʻlov intizomini mustahkamlash yoʻlida qilingan ishlar toʻxtalsak.
Misol uchun: Byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari, suv isteʼmoli va qattiq maishiy chiqindilar sohasida 94,3 trln. soʻm undirildi (shundan elektr energiyasi – 45,8 trln., tabiiy gaz – 46,1 trln., ichimlik suvi – 1,9 trln., maishiy chiqindi – 0,4 trln.).
Oʻtgan davr ichida energiya resurslari va suv taʼminotidan noqonuniy foydalanish hamda talon-toroj qilinishi bilan bogʻliq 1,2 trln. soʻmlik zarar aniqlanib, 1046 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Byuro faoliyatini boshlagan vaqtdan buyon dolzarb masalalardan biri
bu albatta noreal, yaʼni asossiz qarzdorliklar hisoblanishining oldini olish dolzarb masala edi. Bu yoʻnalishda Byuro organlari faoliyatini boshlagandan hozirga qadar 1 trln. 344 mlrd. soʻmlik noreal qarzdorlik boʻyicha 244 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Foydalanilmagan energiya resurslari uchun isteʼmolchilarga asossiz qarzdorlik hisoblanishi holatlari boʻyicha Byuro organlari tomonidan 1 trln. 342 mlrd. soʻm noreal qarzdorlik boʻyicha jami 146 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Energiya resurslari sohasida debitor qarzdorlik 2020-yilning 1-iyun holatiga 14,1 trln. soʻmni tashkil qilib, oʻtgan oyga nisbatan (14,5 trln.) 385 mlrd. soʻmga kamaytirildi.
Energiya resurslari isteʼmolchilari toʻliq inventarizatsiya qilindi.
Yuqorida, biz Byuro organlarida suv taʼminoti toʻlovlarni qabul qilish
va sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish vazifasi yuklatilganini ham esga olgan edik.
2017-yilning 16-noyabrida “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida Majburiy ijro byurosi organlariga suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlarining oldini olish, suv taʼminoti uchun toʻlovlarni undirish vazifasi ham yuklatildi va birgina, 2019-yilda suv isteʼmoli boʻyicha qarzdorlardan 1,1 trln. soʻm undirildi. Bu byuro tashkil etilmasdan oldingi koʻrsatkichga nisbatan 200 foiz koʻp.
Yana bir muhim jihat, Davlatimiz rahbarining 13.11.2017-yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan joylarda isteʼmolchilarning elektr energiya isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan (ASKUE) tizimiga ulanish jarayonlari boshlandi joriy etildi.
Hozirda, Byuro taʼminotchi korxonalar bilan hamkorlikda Respublikamizda 3 mln. 300 mingdan ortiq elektr energiyasi isteʼmolchilariga elektron hisoblagichlar oʻrnatilib, shundan, 1 mln. 650 mingtasi avtomatlashtirilgan tizimga ulandi.
Shu oʻrinda, energiya resurslari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlash ham Byuro xodimlariga oson kechmaganini eslab oʻtish joiz.
Birgina, oʻtgan 2019-yil davomida Byuro xodimlariga qarshilik koʻrsatish bilan bogʻliq 132 ta holatlar aniqlanib, aybdorlarga qonuniy chora koʻrildi.
Bunday holatlar fuqarolarimizning Byuro xodimining harakati yoki qonuniy talabini bajarish oʻrniga, vaziyatni oʻz tomoniga ogʻdirish uchun qarshilik koʻrsatishi sababli yuzaga kelmoqda.
Byuro tashkil etilgandan buyon 4 nafar xodimlar oʻz vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan, 200 dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.
Joriy yilda ham Byuro xodimlariga qarshilik koʻrsatish bilan 14 holat aniqlandi.
Byuro faoliyatida asosiy muammolardan biri energiya resurslari va suv taʼminoti sohasida undiruvlarni amalga oshirishda, avvalo, toʻlov intizomiga amal qilmasdan kelayotgan aholi vakillari oʻrtasida targʻibot va tushuntirish ishlariga qaratildi.
Maʼlumot oʻrnida aytadigan boʻlsak, 2018-yili (8986 MFY hisobidan) toʻlov intizomiga amal qilmasdan kelayotgan isteʼmolchilar yashaydigan mahallalar soni 3723 tani tashkil qilar, qariyb bir yil mobaynida bu mahallalar sonini qisqartirilshga erishdik, bunda asosiy qurolimiz profilaktika va targʻibot yoʻnalishidagi tushuntirish ishlari boʻlmoqda.
2019-yilda Respublika boʻyicha (9 019 ta) 1 924 ta intizomsiz mahallalar roʻyxati shakllantirildi va Byuro tomonidan sektor rahbarlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda televideniye vakillarini jalb qilgan holda profilaktik tadbirlar oʻtkazishga asosiy eʼtibor qaratildi.
2020-yil boshidagi tahlillarga koʻra, intizomsiz mahallalar soni yana-da kamayib, 1 408 tani tashkil etmoqda.
Bugun butun insoniyatga xavf solib turgan koronavirus (COVID-19) infeksiyasi, ming afsuski, yurtimizni ham chetlab oʻtmadi. Shu bois, Majburiy ijro byurosi faoliyatida fuqarolar va xodimlarning muloqot xavfsizligi choralarini koʻrish, virusdan saqlanish boʻyicha qatʼiy profilaktika chora-tadbirlar belgilandi.
Isteʼmolchilarga uyidan turib foydalanilgan kommunal xizmatlar va qattiq maishiy chiqindilar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Telegram” tarmogʻida “@mibuzbot” bot-kanali ishga tushirildi.
Ushbu bot-kanal orqali isteʼmolchilar hisoblagich fotosuratini yuboradi va “MIB inspektori” android elektron tizimiga kelib tushgan koʻrsatgich abonent hisobiga kiritib boriladi.
Toʻlovni amalga oshirishda isteʼmolchining plastik kartochka raqami, muddati, unga bogʻlangan telefon raqami va toʻlov summasi kiritilgandan soʻng, “SMS” orqali kelgan himoya kodini tasdiqlash kifoya boʻladi.
Biroq yuqorida taʼkidlanganimdek, Byuroga yuklatilgan vazifalar zalvori ishni asta yoʻlga qoʻyishga fursat qoldirmadi. Aksincha, darhol oyoqqa turishi shart qilindi.
Boisi, kommunal soha ogʻriqli sohalarimizdan biriga aylanib qolgan, tushunarliroq qilib aytganda tizim “reanimatsiya”ga tushib qolgan edi. Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, MIBga tizimni tezroq davolab, oyoqqa turgʻazish talabi qoʻyilgan edi. Shu bilan birga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi ham aytarli darajada emas, haminqadar edi.
Muhimi – yurtdoshlarimizda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, toʻlov intizomiga rioya qilish madaniyati shakllana boshladi.
Endilikda, ushbu vazifalar Energetika vazirligi tomonidan tizimli ravishda olib boriladi deb hisoblaymiz. Chunki keyingi yillarda ushbu vazirlikda bir qator ijobiy oʻzgarishlar boʻldi.
Energetika sohasini isloh qilish maqsadida “Oʻzbekenergo” AJda tubdan qayta qurish amalga oshirildi. “Oʻzbekenergo” AJ negizida uchta: “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Ushbu qayta tashkil etishdan maqsad elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy usullariga oʻtildi.
Shu oʻrinda aholimiz yaxshi bilishi lozimki, Majburiy ijro byurosi zimmasidagi elektr, gaz va maishiy chiqindilar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida hamda undirib olish boʻyicha vazifalar — Energetika vazirligiga joriy yilning 01-avgust kunidan eʼtiboran oʻtkaziladi.
Bungacha boʻlgan davrda Majburiy ijro byurosi bu yoʻnalishda oʻz ishini davom ettiradi.
Majburiy ijro byurosi organlari yurtdoshlarimizdan toʻlov madaniyatiga amal qilgani holda, jamiyatimiz farovonligiga oʻz hissasini qoʻshishi mumkinligini yodda tutmogʻi lozim.