Ma’lumki, kredit mablag‘i banklar tomonidan tadbirkor yoki fuqarolarga maqsadli loyiha, ish ko‘lamini va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun garov evaziga beriladigan sarmoya bo‘lib, uni o‘z vaqtida to‘lab borish talab etiladi.

Kredit mablag‘lari o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, banklar sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Sudlar esa, qarzdorlikni undirish uchun tegishli hujjatlarni Majburiy ijro byurosi organlariga yo‘naltiradi.

Byuroning Samarqand shahar boshqarmasi va shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ana shunday ijro harakatlari davrida Yakkasaroy tumanlararo sudining qarzdor fuqaro I.N.dan undiruvchi AT “Asakabank” aksiyadorlik jamiyatining Avtotransport filiali foydasiga yozma bitim asosida 63.857.514 so‘m qarz hamda davlat daromadiga 2.554.300 so‘m miqdoridagi davlat boji undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i yuzasidan qarzdorga tegishli bo‘lgan “TAHOE” rusumli avtotransport vositasi garovga qo‘yilgan.

Ijro harakatlari davomida bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan qarzdorlik bartaraf qilinmagani sababli mazkur avtotransport vositasi vaqtincha saqlash maqsadida jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Agar ushbu qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, “TAHOE” rusumli avtotransport vositasi qonunda belgilangan tartibda baholanib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

Bu jarayonda avtotransportning bozor qiymati aniqlanib, uni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.

Yana bir holatda ayol kishiga tegishli “Lixiang L9” rusumli avtotransport vositasi ham xatlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining qarzdor fuqaro Z.N.dan “HAMKORBANK” ATB foydasiga 70.000.000 so‘m qarz uchun “Lixiang L9” rusumli avtotransport vositasini xatlash to‘g‘risidagi ijro varaqa kelib tushgan.

Bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan ijro hujjati talablari bajarilmagani sababli qarzdorning boshqaruvidagi ushbu avtotransport vositasi xolislar ishtirokida xatlangan.

Agar ushbu qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, avtotransport vositasi qonunda belgilangan tartibda baholanib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

Shuni unutmaslik kerakki, kredit tuhfa emas!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: kredit tuhfa emas, olingan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash shart