MIB: fuqaro ishga joylashdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining 2025-yil 15-avgust kungi sud buyrug‘iga asosan javobgar Kegeyli tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga fuqaro G.A.ni farrosh lavozimiga ishga joylashtirish majburiyati yuklatilgan edi.
Ammo, javobgar tomonidan ushbu sud buyrug‘ining ijrosi ta’minlanmagan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro G.A. mazkur sud buyrug‘ining ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limiga murojaat qiladi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan javobgar tashkilot rahbariga ijro hujjati ijrosini ta’minlashi lozimligi, ijroni ta’minlamaslik ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida tushuntirish ishlari olib borgan. Natijada fuqaro G.A. Kegeyli tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbarining buyrug‘iga asosan ishga joylashdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri