Jamiyatda adolatning qaror topishi ko‘p jihatdan amaldagi qarorlarning ijrosiga bog‘liq. Majburiy ijro byurosi tizimida ijro harakatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bu haqda Byuro axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lumot berdi:  

– Byuro organlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 22,2 trillion so‘mlik undiruvlar amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga oshdi.  

Byuroning axborot texnologiyalari yordamida masofaviy tarzda ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilmasdan va fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmagan holda, 973 mingta (375,2 milliard so‘mlik) hujjatning ijrosi  ta’minlandi.  

Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun  joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga 500 milliard so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80 milliard  so‘m ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi.  

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 893,4 milliard  so‘m aliment pullari undirildi. “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi hisobidan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlash maqsadida 1 ming 306 nafar undiruvchiga 24,7  milliard  so‘m pul mablag‘lari to‘lab  berildi.  

Aliment mablag‘ini to‘lash istagi bo‘la turib, biroq ish o‘rniga ega bo‘lmagan 13 ming 614 nafar fuqaroning bandligi masalasi hal etildi. Tushuntirish va profilaktika ishlari natijasida, 5,8 mingdan ortiq oilaning yarashishiga erishildi.  

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 408 nafar shaxs ishga tiklanib, ularga to‘lanmay qolgan 24,2 milliard so‘mlik ish haqi undirib berildi.  

Ijro etish sohasini raqamlashtirish jarayoniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ijro ishlari qo‘zg‘atilgani va qo‘llanilgan cheklovlar to‘g‘risida ogohlantirish  tizimi  orqali 40  milliondan ortiq “SMS - xabarnoma”  jo‘natildi.  

Qarzdorlik haqida o‘z vaqtida xabar berilgani natijasida  765  mingta  ijro  ishlari  ixtiyoriy  muddatda  tamomlandi.  

Fuqarolar, yuridik shaxslar va boshqa sub’ektlar o‘rtasida avtotransport hamda ko‘chmas mol-mulklarni notarial ravishda rasmiylashtirishda yuzaga keladigan muammolarning biri aynan taqiqlar bilan bog‘liqdir.  

Endilikda fuqarolar avtotransport vositasi yoki ko‘chmas mulklarga oid qidiruv yoki taqiqqa oid ma’lumotlarni Byuroning www.mib.uz rasmiy saytidagi “Interaktiv xizmatlar” sahifasidagi “Avtotransportni tekshirish” hamda “Ko‘chmas mulkni tekshirish” ruknlari orqali bilishi mumkin.  

O‘z navbatida, avtotransport vositasi yoxud ko‘chmas mulkda taqiqlar aniqlansa, ushbu saytning “Qarzdorlikni tekshirish” rukni orqali bu haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.  

Qarzdorliklar elektron to‘lov tizimi orqali bartaraf etilganida, mavjud qidiruv va taqiqlar shu zahoti bekor qilinadi.  

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MIB: 22,2 trillion so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi