MI6 Yevropaning eng kuchli tashqi razvedka xizmati sifatida tan olindi
Britaniya razvedka agentligi MI6 fransuz jurnali “L’Express” tomonidan tayyorlangan Yevropa tashqi razvedka xizmatlari ekspert reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
25 mamlakatdan 60 nafar mutaxassis bahosiga asoslangan tadqiqotda MI6 251 ball to‘pladi va Fransiyaning DGSE (169 ball) razvedka xizmatidan sezilarli darajada ustun keldi.
Niderlandiya, Ukraina va Germaniya tuzilmalari ham kuchli beshlikka kirgan.
Mutaxassislar MI6 tomonidan yuqori martabali axborot manbalarini yollash va Rossiya, Xitoy, Eron hamda Turkiyadagi siyosiy doiralarga kirib borish qobiliyatini yuqori baholagan. Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimlari Qirollik razvedkasi Ukraina yo‘nalishida ham yetakchi ekanini ta’kidlagan.
Bir ekspert shunday degan:
– Britaniyaliklar uzoq muddatli amaliyot qanday tashkil qilinishini yaxshi o‘zlashtirishgan. Ya’ni, o‘nlab yil davomida razvedka manbalariga sarmoya kiritishadi, “qabih hiyla”dan ham qochmaydilar.
S.Rahimov, O‘zA