Mezbonlar respublika kubogi sohibi
Jizzax shahrida avtopoyga bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax shahrida avtopoyga bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada o‘ndan ortiq sport klubi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqalar to‘rt rusumdagi avtomobillar bo‘yicha o‘tkazildi. Toshkent shahrilik Farhod Daminov, Rostislav Belyakov, jizzaxlik G‘ayrat Odilov va Bekzod Odilov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Umumjamoa hisobida 408 ochko jamg‘argan Jizzax viloyati avtopoygachilari respublika kubogini qo‘lga kiritdi. Toshkent shahri vakillari ikkinchi va qashqadaryolik sportchilar uchinchi o‘rinni egalladi.