Mezbonlar g‘olib bo‘ldi
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimi kubogi uchun ochiq turnir musobaqasi o‘tkazildi
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimi kubogi uchun ochiq turnir musobaqasi o‘tkazildi.
Ikki kun davom etgan bellashuvda Toshkent, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatidan 270 nafar yosh badiiy gimnastikachi o‘zaro bahslashdi. Musobaqa yakunida Surxondaryo viloyati hokimi kubogini mezbon jamoa badiiy gimnastikachi qizlari qo‘lga kiritdi. Navoiy viloyati qizlari ikkinchi, buxoroliklar uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.