Andijon mashinasozlik institutida «Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari» mavzusida 2- xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda mexatronika va robototexnika yo‘nalishi o‘quv dasturlarini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur anjumanda mamlakatimiz, shuningdek, Litva, Latviya, Portugaliya hamda Gretsiya davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 50 nafarga yaqin professor-o‘qituvchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi hamda magistrlar ishtirok etib, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natija va muammolar xususida atroflicha so‘z yuritildi. 

Anjuman ochilishida so‘z olganlar tomonidan keyingi yillarda mamlakatimizda mexatronika va robototexnika ta’lim yo‘nalishini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, qator xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha Andijonda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga yordam berayotganligi ta’kidlandi. 

– Yurtimizda milliy ustuvorlikka asoslangan mexatronika va robototexnika ta’lim yo‘nalishi oliy ta’limda “ta’lim-malaka-innovatsiya” sikli asosida rivojlanmoqda, – deydi Andijon mashinasozlik instituti rektori Umidjon Turdaliyev. – Mazkur jarayonda innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, ularni ta’lim va amaliyotga tatbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Anjumanda Vilnyus texnika universiteti mexatronika va robototexnika kafedrasi professori Vitautas Buchinskas, Gretsiya xalqaro universiteti professori Kokokiris Lambros, Portugaliyaning Viana-du-Kashtelu politexnika instituti professori Duarte Nunu Alves, Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi mudiri Azamat Yusupovning «Mexatronika va robototexnika: o‘qitish muammolari va yechimlari», «Mexatronika va robototexnika: ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi», «Mexatronika va robototexnika: iqtisodiy samaradorlik», «Mexatronika va robototexnikada elektrotexnika elektromexanika va elektronika», «Intellektual muhandislik tizimlari» mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

[gallery-13873]

Anjuman ishtirokchilari tomonidan ma’ruzalar hamda mavzu doirasidagi ishlar samaradorligini oshirish, amalga oshirilayotgan loyiha va ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini yuksaltirish yuzasidan taklif, tavsiya, fikr va mulohazalar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida shu’balar doirasida o‘tkazilgan munozaralarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar samaralari tahlil qilindi, erishilgan yutuqlar, yechimini kutayotgan masalalar xususida o‘zaro fikr almashildi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), 
O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mexatronika va robototexnika: xalqaro hamkorlik samaralari