Mevlut Chavusho‘g‘lu: O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga oid tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz
Poytaxtimizda davom etayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu so‘zga chiqdi.
Poytaxtimizda davom etayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu so‘zga chiqdi.M.Chavusho‘g‘lu o‘z so‘zida Toshkent konferensiyasi Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Bu beqarorlikka sabab bo‘layotgan kuchlarning o‘zaro yarashuviga oid jarayonni tezlashtirishga yordam beradi.
Afg‘oniston muhim transchegaraviy hududda joylashgan. Bu mamlakat bilan hamkorlik qilishdan Turkiya ham manfaatdor. Ayni paytda ma’lum yo‘nalishlarda hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning uni qo‘llab-quvvatlashi esa alohida e’tiborga loyiq.
Ayniqsa, bu jabhaga O‘zbekiston katta hissa qo‘shdi. O‘zbekistoning bu boradagi tashabbuslarini olqishlaymiz va bu borada biz ham barcha zarur yordam ko‘rsatishga tayyormiz.
Turkiya O‘zbekiston bilan ham Afg‘oniston bilan ham hamkorlikni davom ettiradi.
Turkiya O‘zbekiston bilan ham Afg‘oniston bilan ham hamkorlikni davom ettiradi.