Qishloq mulkdorlari uchun zamonaviy texnologiyalar yaratishda Toshkent davlat agrar universitetining o‘z o‘rni bor.

Agrosanoat rivojiga xizmat qiladigan texnologiyalarni hayotga tatbiq etish maqsadida universitetda izchil ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, suv taqchilligi sharoitida ob-hayotdan samarali foydalanish imkonini beruvchi o‘nga yaqin ishlanma tayyorlanib, sanoat korxonalarida keng miqyosda ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Buxoro viloyatidagi “Rubin shams” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda fermer va tadbirkorlarga tavsiya etilayotgan quyoshdan energiya oladigan, yig‘ma quritish uskunasi shunday izlanishlar samarasidir.

Bu texnologiyaning quyosh energiyasi yordamida ishlashi, eksportbop, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan, ekologik toza mahsulotlar tayyorlash xususiyati ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Meva-sabzavot, dorivor o‘simliklarni quritishga mo‘ljallangan ushbu uskunada quritilayotgan mahsulotlar tarkibidagi vitamin va mikroelementlar maksimal darajada saqlanib qoladi. Ularning tabiiy rangi, mazasi va xushbo‘yligi yo‘qolmaydi.

– Quyosh energiyasidan uskunaga o‘rnatilgan ventilyatorni harakatga keltirishda foydalaniladi, – deydi universitet dotsenti, texnika fanlari doktori Axtam Azizov. – Uskuna ustidagi quritish uchun mo‘ljallangan joyga mahsulotlar qo‘yilgach, usti maxsus klyonka bilan yopiladi. Shunda mahsulot tarkibidagi suv bug‘lanib, namgarchilik ortadi. Namlik qancha tez haydalsa, mevani quritish jarayoni shuncha tezlashadi.

Odatda mevalar quyoshda quritiladi. Biroq buning uchun uzoq muddat talab qilinadi. Masalan, mayiz tayyorlash uchun issiq kunlarda 15-20 kun, ob-havo noqulay kelganda bir oygacha vaqt sarflanadi. Bunday hollarda mevaning usti ochiq qolib, turli zararkunandalar tushishi, sifati buzilishi mumkin.

Yangi uskunada buning uchun bir kun kifoya. Mahsulotlar chang, turli hasharotlardan himoyalangan bo‘ladi. Bu nafaqat vaqtdan yutish, balki oilaviy tadbirkorlar mehnatini yengillashtirish imkonini ham beradi.

Uskunaning yana bir qulayligi – hajmini kichraytirish mumkinligida. Mevalar g‘arq pishganda hamisha ham bozorga yoki qayta ishlash korxonasiga o‘z vaqtida yetkazib berish imkoni bo‘lmaydi. Yangi uskunani dalaga olib borib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini joyida quritib, qadoqlash, kerakli miqdordagi tayyor mahsulotni joylarga yetkazib berish mumkin.

– Yangi texnologiyamiz meva-sabzavot yetishtiruvchi fermerlar va agrofirmalarga ma’qul bo‘lmoqda, – deydi “Rubin shams” MChJ rahbari Rustam Xalilov. – Ixcham va tejamkor bunday qurilmalarda qayta ishlangan mahsulotlar tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi. Biz dehqon xo‘jaliklari, shaxsiy tomorqa egalari uchun buyurtma asosida 400 kilogrammdan 400 tonnagacha mahsulotni quritishga mo‘ljallangan uskunalarni tayyorlash imkoniga egamiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mevani quritadigan yangi uskuna