Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi.

Ayni chog‘da bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashishi barobarida havo musaffoligini ta’minlab, dasturxonimizni mevalar bilan to‘ldiradi.

Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalarda diyorimizni bundan-da obod qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ezgu ishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, uning tarmoq va hududiy tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda.  

Xususan, “Navro‘z” umumxalq bayrami kunlarida o‘tkazilayotgan “Bulung‘urni yashil hududga aylantiramiz” loyihasi doirasida tuman bo‘ylab 10 ming dona mevali daraxt ko‘chati ekilishi rejalashtirilgan.

– Bulung‘ur tumanining iqlimi ayni bog‘ qilish uchun juda qulay, – deydi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori To‘lqin Sattorov. – Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishiga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ularni yoshlar qalbiga singdirish hamda mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iboratdir.

Bulung‘ur tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Farg‘ona viloyatidan nok, olma, behi, shaftoli, o‘rik, qaroli kabi daraxt ko‘chatlaridan 10 ming dona olib keldi. Ayni vaqtda ko‘chatlar mahalla raislari ishtirokida tumandagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘chat ekish uchun yeri bo‘lgan fuqarolarga bepul tarqatilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mevali daraxt ko‘chatlari tekin tarqatilmoqda