Har qanday ilmiy tadqiqot, avvalo aniq o‘lchovga tayanadi. Har kuni biz o‘lchovlarga tayanamiz — oshxonada tarozidan tortib, dorixonadagi dozagacha. O‘sha o‘lchovlar qanchalik ishonchli ekanini metrologiya fani aniqlab beradi. Metrologiya — jamiyatda aniqlik va adolatni ta’minlaydigan ko‘rinmas mexanizm.
Xo‘sh, O‘zbekiston metrologiya tizimida so‘nggi yillarda qanday islohotlar amalga oshirildi? Yosh mutaxassislarni metrologiya sohasiga jalb etish uchun qanday mexanizmlar ishlab chiqilmoqda?
Oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qanday yo‘lga qo‘yilgan?
Ayni shu savollar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov bilan suhbatlashdik.
Suhbat davomida mamlakatimizdagi metrologiya tizimining bugungi holati, sohadagi islohotlar, raqamli texnologiyalarni joriy etish, xorijiy hamkorlar bilan strategik sheriklik masalalariga e’tibor qaratildi.
Suhbatning to‘liq qismini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1_5_hKs5kGM" title="Metrologiya sohasida qanday islohotlar amalga oshirilmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, D.Yoqubov (video), A.Ahmedov (montaj), O‘zA